Mourino "Inter"ga "Arsenal" futbolchisini olib kelish talabini qo'ydi
12 apr 2019 21:22
Yangiliklar


Mourino "Inter"ga "Arsenal" futbolchisini olib kelish talabini qo'ydi
"Inter" "Arsenal" futbolchisi Granit Jakaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish kerak, ushbu transferni "Inter"ning yangi ustozi bo'lishi kutilayotgan Joze Mourino istamoqda. Milanliklar yaqin vaqtlarda futbolchi bilan transfer ishlarini boshlamoqchi.
Jaka 2016 yilda Menxengladbaxning "Borussiya"sidan 45 million evro evaziga "Arsenal"ga o'tgandi. U bu mavsumda jamoasi tarkibida 32 o'yinda 4 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar