Mourino ham o'z himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor
27 iyu 2018 15:54
Yangiliklar
Mourino ham o'z himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino himoyachi Matteo Darmianning jamoadan ketishi borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Matteo ketishni istaydi. Agarda takliflar bo'lsa, uni qo'yib yuboramiz. Biroq hozircha bizni qoniqtiradigan takliflar bo'lmadi.
Ammo hozirda bizda o'ng qanot himoyasida muammolar bor - Valensiya jarohatlangan, Dalot esa tiklanish jarayonida. Ikkisi ham mavsumning boshlang'ich qismini o'tkazib yuboradi. Yang ham o'ng qanotda o'ynashi mumkin. Biroq u hozir dam olmoqda. Bizni qoniqtiradigan taklif bo'lsagina, Darmian jamoadan ketadi. Bo'lmasa shu erda qoladi", - dedi Mourino.
Oldinroq Darmianning agenti mijozi "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini aytib o'tgandi.
Fikrlar