Mourino: "Gvardioladan ortda qolyapman? Menda ulardan 31ta bo'lishi kerak edi"
17 may 2019 00:18
Yangiliklar


Mourino: "Gvardioladan ortda qolyapman? Menda ulardan 31ta bo'lishi kerak edi"
Portu, CHelsi, Inter, Real va Manchester Yunayted kabi klublarning sobiq ustozi Joze Mourino sovrin yutish borasida Pep Gvardioladan ortda qolayotgani borasida gapirdi.
Ispaniyalik mutaxassis APL chempionligidan keyin faoliyatidagi 26 sovrinni qo'lga kiritdi. Mourinoda esa sovrinlar 25ta.
"Yo'q, yo'q. Sovrin yutish borasida Gvardioladan ortda qolayotganim meni tashvishga solmayapti. SHunchaki mening sovrinlarim bundanda ko'proq bo'lishi kerak edi.
"Portu" va "Inter" bilan ECHLni yutganimdan keyingi mavsumda ham jamoada qolganimda UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi JCH va mamlakat superkubogida o'ynashim kerak edi. Demak, mening sovrinlarim aslida 31ta bo'lishi kerak.
Balki barchasi ham songa bog'liq emasdir!", - dedi Mourino
O’xshash yangiliklar

Fikrlar