Mourino: "CHelsi"ga borimni berganman"
25 fev 2018 16:26
Yangiliklar
Mourino: "CHelsi"ga borimni berganman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 28-turi doirasida "CHelsi"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Agarda bir jamoadan ketayotganingizda yomon hissiyotlar qolib ketsa, kuni kelib o'sha sobiq klub bilan to'qnash kelganda o'sha narsalar seziladi. "CHelsi"da professionallar ishlaydi, klub qarorini to'g'ri qabul qildim.
"CHelsi"ga borimni berdim. U erdan hech qanday negativ hissiyotlar qolmagan. Ikki klubning ambiciyalari juda yuqori, ochkolar ham bir-biriga yaqin.
Ularning himoyasi juda kuchli. Buni "Barselona" bilan o'yinda ko'rdim. SHuningdek, individual futbolchilar ham etarli. Morata, Pedro, Azar va Villianlar bilan oldin ham birga ishlaganman", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar