Mourino: "Brayton" bizdan yaxshi o'yin ko'rsatgan paytlar ham bo'ldi"
02 noy 2020 10:57
Yangiliklar


Mourino: "Brayton" bizdan yaxshi o'yin ko'rsatgan paytlar ham bo'ldi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APL doirasida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Asosiysi - uch ochko. Top-6dagi jamoalarning oddiyroq jamoalar bilan og'ir o'yin o'tkazishi ko'p bo'ladi, ayniqsa bunday pallada top-6dagi jamoa o'zini ko'rsata olmaydi.
Yigitlarning oldida shlyapamni echaman. "Brayton"da ajoyib jamoa bor, ular o'yindan-o'yinga rivojlanib bormoqda. Murabbiy o'z futbolchilarini yaxshi tanlab olgan.
O'yin juda og'ir kechdi, anchagina mehnat qildik va yaxshi sifatlarga ega jamoani mag'lub etdik. "Brayton" bizdan yaxshi o'ynagan paytlar ham bo'ldi. Ular hisobni tenglashtirganidan keyin yigitlarim o'zini yo'qotib qo'ymagani meni quvontirdi", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
20:59
APL. "Chelsi" minimal hisobda "Lester"ni taslim etdi, "Tottenxem" esa mag'lubiyatdan qutulib qoldi 3

Fikrlar