So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Mourino bosh hakamni tanqid qildi: "Siti" zamonaviy penalti ishlab oldi" Yangiliklar

Mourino bosh hakamni tanqid qildi: "Siti" zamonaviy penalti ishlab oldi"

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 24-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Nima deyishim mumkin? Kuchga to'la jamoa charchagan jamoani mag'lub etdi. Ammo o'yinni yaxshi boshlagandik. Vaziyatlarni nazorat qilib turgandik, to'sinni nishonga oldik. Gol esa bizning charchoqlarimiz nishoni bo'ldi.

Keyinchalik "Siti" zamonaviy penalti ishladi. Ha, men shunday nomlayman va shu sababdan qiyin holatga tushib qoldik. Zamonaviy penalti - tirnog'ingiz tegib ketsa ham beriladigan penalti. Bu esa raqibga bog'liq. SHunday holatlar borki, siz nafaqat tirnog'ingiz, balki, burun va oyoqlarning uchi bilan tegib ketsangiz penalti qo'yiladi. VAR esa kontakt bo'lganini tasdiqlab beradi. Kontakt bo'lmaganini esa isbotlab bera olmaysiz.

Futbolchilarning o'z vazifasiga qanday yondashayotganidan mamnunman. Ular og'ir holatga tushib qolishgan bo'lsa-da, mardlik ko'rsata olishyapti. Agarda jamoada birdamlik bo'lmasa. qattiqroq jazo olishadi. Xarri Keyn, Ben Devis, Xeyberg kabi futbolchilar bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda. Ammo bizning o'yinni buzayotgan narsalar kichik xatolar bo'lyapti.

Barchasi bizga qarshi ishlamoqda. Ikkinchi bo'lim esa doimgidanda qiyinlashib ketyapti", - dedi Mourino.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика