Mourino APLning yangi mavsumi ilk turlarida katta yo'qotish borligini malum qildi
29 iyu 2018 14:14
Yangiliklar
Mourino APLning yangi mavsumi ilk turlarida katta yo'qotish borligini malum qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino APLning yangi mavsumi startini yarim himoyachi Nemanya Matich o'tkazib yuborishini malum qildi.
29 yoshli futbolchi Filadelfiyada jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan.
"Matich yangi mavsum ilk turlarida qatnashmaydi. U JCH-2018dan jarohati bilan qaytdi. Tatil unga yordam bera olmasdi. Uning qachon safga qaytishini bilmayman", - dedi Mourino.
Fikrlar