Mourinyo APLning yangi mavsumi ilk turlarida katta yo'qotish borligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 14:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning yangi mavsumi startini yarim himoyachi Nemanya Matich o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

29 yoshli futbolchi Filadelfiyada jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan.

"Matich yangi mavsum ilk turlarida qatnashmaydi. U JCH-2018dan jarohati bilan qaytdi. Tatil unga yordam bera olmasdi. Uning qachon safga qaytishini bilmayman", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd