Mourino 14 yil oldin ketma-ket uch o'yinda yutqazgan edi
18 sen 2016 18:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/221501_original.jpg)
![](/upload/storage/221501_220.jpg)
Mourino 14 yil oldin ketma-ket uch o'yinda yutqazgan edi
APL 5-turida "Manchester Yunayted" klubi safarda "Uotford" bilan bellashdi.
O'yinda Joze Mourino boshchiligidagi jamoa 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. SHu tariqa, MYU bu mavsumda ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradi. APL 4-turida jamoa Manchester derbisida "Siti"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Evropa ligasi 1-turida MYU "Feyenoord"ga mag'lub bo'ldi va bugun "Uotford"ga yutqazdi.
So'nggi bor 2002 yilda Mourino boshqargan jamoa bir mavsumda ketma-ket uch o'yinda mag'lubiyatga uchragan ekan. O'shanda murabbiy "Portu"da ishlar edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar