So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  5 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Mostovoy "Spartak" bilan o'yinda Abbos Fayzullaevda bo'lgan imkoniyat haqida gapirdi Yangiliklar

Mostovoy "Spartak" bilan o'yinda Abbos Fayzullaevda bo'lgan imkoniyat haqida gapirdi

"Spartak" klubi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy Rossiya chempionati 14-turi doirasida bo'lib o'tgan CSKA - "Spartak" (0:2) uchrashuvidan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Dastlabki daqiqalardanoq "Spartak" yaxshiroq ekanligi ko'rinib turdi. CSKA raqib darvozasi oldiga 20-daqiqadan keyin bordi. O'shanda Fayzullaev gol urishi mumkin edi, ammo unga xotirjamlik etishmadi. U shoshdi va noaniq zarba berdi. O'sha epizodgacha "Spartak" to'pni ushlab o'yin borishini nazorat qilayotgan edi. CSKAga nima bo'lganini esa bilmayman. 1-bo'lim oxirida esa Bongonda o'z so'zini aytdi. Abaskal ("Spartak" sobiq ustozi Gilermo Abaskal) o'z vaqtida uni zaxiraga o'tqazib qo'ygandi. Endi esa Bongonda ikkinchi o'yinda hal qiluvchi golni urmoqda", - dedi Mostovoy.

Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionati 14-turi doirasida CSKA o'z maydonida "Spartak"ka mag'lub bo'ldi. Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 64-daqiqada zaxiraga olingan edi. Ushbu o'yindagi g'alabadan keyin "Spartak" ochkolari sonini 25 taga etkazib oldi va jadvalda aynan CSKAni quvib o'tgan holda 5-o'ringa chiqib oldi. Fayzullaev jamoasi esa 24 ochko bilan 6-pog'onaga tushdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика