Morata YCHLda to'purarlar uchligiga kirib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
5 okt 2023, 14:51
Futbolchi muntazam ravishda gol urmoqda.

Morata Chempionlar Ligasi tarixidagi ispaniyalik to'purarlar uchligiga kirdi.

"Atletiko" forvardi Alvaro Morata Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-turida "Feyenoord" darvozasiga 2 ta gol urdi (3:2). Bu uchrashuv futbolchi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu tariqa, Morata YCHLdagi ispaniyalik to'purarlar uchligiga kirib oldi. Uning hisobida 24 ta gol mavjud.

Undan oldinda faqatgina Fernando Morentes (33 ta gol) va Raul (71 ta gol) bor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia