So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

"Monako" - "Yuventus". Uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 4 malumot Yangiliklar

"Monako" - "Yuventus". Uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 4 malumot

"Monako" CHempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi doirasida "Lui II" stadionida "Yuventus"ni qabul qildi.

Mehmonlar hujumchisi Gonsalo Iguain urgan 2 ta gol "keksa sinora"ning birinchi uchrashuvdagi g'alabasini taminladi, mezbonlar esa gollarga javob bera olishmadi. Etiboringizga ushbu uchrashuv haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 4 muhim malumotni taqdim etamiz.

Allesandro Del Pero

19 yil oldin Alessandro Del Pero xuddi shu jamoalar o'rtasidagi bahsda 4 ta gol urgan. 42 yoshli sobiq futbolchi ayni damda Kaliforniyadagi Glendeyl sport kompleksi direktori sifatida ishlamoqda. U o'z jamoasining uchrashuvini Los-Anjelesdagi uyida televizor orqali tomosha qildi va bu haqda "Instgram"dagi o'quvchilariga malum qildi.


Del Pero  1995-1996 mavsumda "keksa sinora" bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'lgan, keyingi mavsumda esa finalda Dortmundning "Borussiya"sidan mag'lubiyatga uchragan edi.



Buffonda 100 ta

Janluiji Buffon "Monako"ga qarshi bahsda CHempionlar ligasidagi 100 uchrashuvida maydonga tushdi. Buffon ushbu turnirdagi debyutini 1997-98 mavsumda "Parma" safida amalga oshirgan.

"Keksa sinora" posboni 2003 va 2015 yillardagi finalda CHempionlar ligasi kumush medaliga ega bo'lgan. Hozircha darvozabon turnir g'olibiga aylanmagan va bu safar ushbu muvaffaqiyatga juda yaqin turibdi.

Qiziq malumot: Buffon "Parma" safida 108-uchrashuvini o'tkazganida Kilian Mbappe dunyoga kelgan edi.



Mbappe maydonga ukasi bilan chiqdi

"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe "Yuventus"ga qarshi uchrashuvga ukasi Etan bilan maydonga chiqdi.







"Keksa sinora" franciyalik raqiblarini xafa qilishda davom etmoqda

"Yuventus" so'nggi marotaba CHempionlar ligasida 1996 yilda g'olib bo'lgan. Ushbu turnirda "keksa sinora" jamoasi franciyalik raqiblarini juda ko'p xafa qilgan.

1972 yildan hisoblaydigan bo'lsak, "Yuventus" Franciya jamoalariga qarshi 23 ta o'yin o'tkazgan va bor-yo'g'i to'rt marotaba mag'lub bo'lgan (15 ta g'alaba, 4 ta durang).




Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика