"Monako" ustozi Jardim klub direktori bilan kelisha olmayapti
04 apr 2019 17:29
Yangiliklar


"Monako" ustozi Jardim klub direktori bilan kelisha olmayapti
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim va klub sport direktori Maykl Emenalo o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.
Malumotlarga ko'ra, "Kan"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng mutaxassislar kelisha olmay qolishgan. Bahs yakunlanishi bilan Emenalo jamoa kiyinish xonasiga kirdi, bu esa 44 yoshli mutaxassisning jahlini chiqardi.
Jardim klubdagi ishini hozirgi sport direktori bilan davom ettirmasligini malum qildi. Biroq moliyaviy muammolar tufayli Emenaloning "Monako"dan ketishi qiyin bo'ladi. Terri Anriga to'langan tovon pulidan so'ng klub yana katta miqdorda pul yo'qota olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar