"Monako" darvozaboni 791 daqiqa davomida gol o'tkazgani yo'q
02 fev 2015 14:19
Yangiliklar
"Monako" darvozaboni 791 daqiqa davomida gol o'tkazgani yo'q
"Lion"ga qarshi Franciya chempionati 23-turida o'z darvozasini quruq saqlagan "Monako" posboni Daniel Subashich 791 daqiqadan beri gol o'tkazayotgani yo'q.
Liga 1 rekordi 1992 yilda "Bordo" darvozasini qo'riqlagan Gaetan Uarga tegishli, u ketma-ket 11ta uchrashuvda o'z darvozasini ishonchli qo'riqlagan.
"Bu men uchun ajoyib natija. Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hozir o'zimga ishonchim ortgan. CHempionat rekordi? Uarning 1992 yildagi seriyasi haqida bilaman. Adashmasam 1176 daqiqa. Rekordni yangilash haqida o'ylayotganim yo'q. Bugun 3ta seyv amalga oshirdim. Ammo jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozongani ham yaxshi edi. Etakchi bilan o'yin oson bo'lmadi" - deydi Subashich.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar