Modrich: "Xorvatiya termasi JCHdagi muvaffaqiyatni takrorlashga harakat qilib ko'radi"
17 noy 2019 12:10
Yangiliklar


Modrich: "Xorvatiya termasi JCHdagi muvaffaqiyatni takrorlashga harakat qilib ko'radi"
Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoasining Evro-2020ga chiqqani borasida gapirdi.
Saralashning 9-turida xorvatiyaliklar o'z maydonida Slovakiya termasining 3:1 hisobida mag'lub etdi.
"Termamiz birinchi bo'limni to'liqligicha nazorat qildi, vaziyatlar yaratdik, ammo gol o'tkazib yubordik. Biz asabiylashmadik yoki ortiqcha bosimni his qilmadik - barcha futbolchilar bir maqsad yo'lida ishlashdi va vazifani uddalay oldik. Agarda shu ruhni saqlab qolsak, JCH-2018dagi muvaffaqiyatni Evroda ham takrorlay olamiz", - dedi Modrich.
Xorvatiya termasi 8 o'yindan keyin 17 ochko jamg'arib, kelasi yili Evropaning 12 maydonida bo'lib o'tadigan Evro-2020 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar