Modji 2006 yilgi mojarolar vaqtida o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan ekan
15 okt 2021 08:30
Yangiliklar
Modji 2006 yilgi mojarolar vaqtida o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan ekan
"Yuventus"ning sobiq bosh direktori Luchano Modji 2006 yilgi mojarolar haqida esladi.
O'shanda "Yuventus" B seriyaga tushirib yuborilgandi.
"Ko'chalarda yurishga uyalardim. O'shanda men ko'p narsa haqida o'ylaganman. Hatto o'z jonimga qasd qilish haqida ham. Men daraxtni tepasida bo'lsam, qolganlar pastdan turib meni otib tashlashga tayyor edi. Dastlabki 10 kun azobli bo'lgandi.
TV, radio, gazeta - barcha joyda Italiya futbolidagi mojaro haqida gapirishardi", - dedi Modji.
Fikrlar