MLS'ning uch klubi Kiran Gibbsga qiziqmoqda
13 fev 2021 16:14
Yangiliklar


MLS'ning uch klubi Kiran Gibbsga qiziqmoqda
"Vest Bromvich" himoyachisi Kiran Gibbs yozda Amerikaga yo'l olishi mumkin.
Futbolchiga MLS'ning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Himoyachi uchun kurashda etakchilar "Di Si Yunayted" va "Nyu-York Red Bullz" hisoblanadi. "Inter Mayami" esa ularga raqobat tug'diradi.
31 yoshli angliyalik futbolchining transfer narxi 3,2 million evroni tashkil etadi. SHartnoma joriy yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Gibbs joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta qizil kartochka oldi. O'yinchi Londonning "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar