MLS. CHempionat yakunlandi yoxud Nani va Ibra jamoasi sharmanda bo'ldi
10 okt 2019 11:53
Yangiliklar


MLS. CHempionat yakunlandi yoxud Nani va Ibra jamoasi sharmanda bo'ldi
Los-Anjelesliklar autsayderga mag'lub
Mavsum davomida beqaror o'yin namoyish etib kelgan va o'tgan turda ham quyi pog'onalar vakiliga o'z maydonida yutqazib qo'ygan "La Gelaksi" bu safar yana bir autsayder jamoa "Xyuston Dinamo" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda mezbonlar ishonchli hisobda g'alaba qozonishdi. Gollarni Xyuston shahri jamoasidan Ramires "dubl"ni rasmiylashtirgan bo'lsa, Elis va Memo Rodriges bittadan to'p kiritishdi. Bunga, "La Gelaksi"dan 9-raqamda harakat qiladigan Ibragimovich 9-daqiqada va ikkinchi bo'lim boshida Kristian Pavonlar javob qaytarishdi.
Houston Dynamo FC Christian Ramirez - 45', Alberth Elis - 62', Christian Ramirez - 83', Memo Rodriguez - 90' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 2
:
4
Tugadi
|
LA Galaxy Zlatan Ibrahimovic - 9', Cristian Pavon - 54' |
Stadion: BBVA Stadium
Etakchilar jangida nyu-yorkliklar g'olib
Butun boshli mavsum davomida mintaqa chempionligi uchun keskin bahs olib borgan ikki jamoa so'nggi turda o'zaro to'qnash keldi. SHunday qilib, murosasiz kurashlar ostida kechgan doimiy favoritlar "Filadelfiya" va "Nyu-York Siti" qarama-qarshiligida mehmonlarning qo'li baland keldi. Avvaliga ular, Matarrita va Ismael Tadjurilar tomonidan kiritilgan to'plar evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga bir necha daqiqa qolganda, Fabian belgilangan 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va farqni qisqartirishga erishdi. Biroq, Filadelfiya shahri jamoasining kuchi bundan ortig'iga etmadi.
Philadelphia Union Marco Fabian - 87' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 2
:
1
Tugadi
|
New York City FC Ronald Matarrita - 7', Ismael Tajouri-Shradi - 22' |
Stadion: Talen Energy Stadium
Kolambus shahri jamoasi Torontoga uchdi
Pley-off bosqichiga chiqish masalasini allaqachon ijobiy hal qilgan va o'tgan tur, CHikago safaridan ochko olib qaytishga erishgan "Toronto" o'z uyida barcha umidlari puchga chiqqan "Kolambus Kryu"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. O'yindagi yagona golga jamoaning mavsumdagi eng yaxshi to'purari bo'lgan Alexandro Posuelo mualliflik qildi. Hujumchi 30 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.
Toronto FC Alejandro Pozuelo - 58' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 0
:
1
Tugadi
|
Columbus Crew |
Stadion: BMO Field
Kumush uchun kurash
G'arbiy mintaqada o'rtaga kumush medallar tikilgan turning markaziy o'yinida mavsum davomida chempionlik uchun kurashib kelgan jamoalar "Sietl Saunders" va "Minnesota" bahs olib borishdi. Uchrashuvda, Amerikaning mashhur Vashington shtati klubi Roman Torresning 29-daqiqada urgan yagona goli hisobiga qimmatli uch ochkoga ega bo'ldi. SHu tariqa, jamoa turnir jadvalida "Los-Anjeles"dan keyin 2-o'rinni egalladi. Minnesotaliklar esa, mag'lubiyat orqali xattoki bronzadan ham quruq qolishdi.
Seattle Sounders FC Roman Torres - 30' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 0
:
1
Tugadi
|
Minnesota United |
Stadion: CenturyLink Field
Pley-off masalasi hal etilgan o'yin
Mavsum boshidan beri bir qancha yorqin g'alabalarga erishgan va qatorasiga beshta uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan "San-Xose" so'nggi turda ham omadsiz seriyasini munosib davom ettirgan holda, "Portlend Timbers"ga mehmonda imkoniyatni boy berdi. Oldiniga, Larris Mabiala hisobni ochdi. Keyin san-xoseliklar bosh to'purari Vondolovski muvozanatni tikladi.Ikkinchi bo'limning, 59-daqiqasida Dayron Asprilya ketma-ket ikkinchi o'yinda o'zini ko'rsatdi. Sebastyan Blanko esa, o'zining chiroyli goli bilan uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi. Ushbu muhim g'alaba orqali, Portlend shahri jamoasi yakuniy musobaqa jadvalining ekvatoriga joylashdi. "San-Xose" bo'lsa, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan foydalana olmadi.
Portland Timbers Larrys Mabiala - 29', Dairon Asprilla - 59', Sebastian Blanco - 75' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 1
:
3
Tugadi
|
San Jose Earthquakes Chris Wondolowski - 39' |
Stadion: Providence Park
CHikagoliklardan jimjimador g'alaba
Butun mavsum davomida stabil o'yin ko'rsata olmagan jamoalardan biri bu so'nggi vaqtlarda umuman ishlari yurishmagan "Orlando Siti" o'z muhlislari qarshisida o'tgan tur Toronto shahri jamoasini mag'lub eta olmagan "CHikago Fayr" klubiga yirik hisobda taslim bo'ldi. To'g'ri avvaliga, mezbon jamoa vakillari Tesho Akindelening goli evaziga oldinga chiqib olishdi. Ammo, oradan hech qancha vaqt o'tmasidan Smit o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Ikkinchi bo'lim, "sherlar" uchun ayanchli ko'rinish oldi. Frankovskining "dubl"i, Si Jey Sapong va Katailarning gollari mehmonlarga chiroyli g'alabani taqdim etdi. Bendji Mishelning kiritgan to'pi bilan farqni biroz qisqartirishga erishdi, xolos. SHunday qilib, ikkala jamoaga ham pley-off armon bo'lib qoldi.
Orlando City Tesho Akindele - 5', Benji Michel - 74' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 5
:
2
Tugadi
|
Chicago Fire FC Kyle Smith - 17', Charles Sapong - 61', Aleksandar Katai - 63', Przemyslaw Frankowski - 67', Przemyslaw Frankowski - 87' |
Stadion: Exploria Stadium
Va nihoyat Krkich jamoasida g'alaba
Ohirgi uchrashuvlarda, g'alabali odimini ajoyib tarzda davom ettirayotgan va hal qiluvchi bosqich chiptasini naqd qilgan "Nyu-York Red Bullz" bu safar mehmonda uzoq vaqt mobaynida g'alaba nimaligini bilmay kelgan "Monreal" jamoasi bilan to'qnash keldi. Gollarga to'xtaladigan bo'lsak, Boyanning o'zi hisobni ochib berdi. Qolgan ikki golga Maksimiliano Urruti va Okvonkvolar mualliflik qilishdi.
CF Montreal Bojan Krkic - 23', Maximiliano Nicolas Urruti - 37', Orji Okwonkwo - 62' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 0
:
3
Tugadi
|
New York Red Bulls |
Stadion: Saputo Stadium
CHempion rahm qilib o'tirmadi
So'nggi tur oldidan, g'arbiy zonada nazariy jihatdan bo'lsada keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo'lib turgan "Kolorado" klubi pley-off yo'llanmasini muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirish orqali birinchilardan bo'lib, qo'lga kiritgan Los-Anjeles shahri bosh jamoasi mehmoni bo'ldi. Uchrashuv taqdirini joriy yili AQSH oliy ligasi tarixidagi bir mavsumda eng ko'p gol urish bo'yicha rekord o'rnatgan Karlos Vela "xet-trik" qad etgan holda, hal qilib berdi. Mehmonlardan Kamara bitta kiritgan to'pi bilan javob qaytardi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng, Kolorado shahri klubi uchun chempionat tugadi.
Los Angeles FC Carlos Vela - 28', Carlos Vela - 31', Carlos Vela - 51' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 1
:
3
Tugadi
|
Colorado Rapids Kei Ansu Kamara - 40' |
Stadion: Banc of California Stadium
Autsayderda yana durang
Butun boshli mavsum davomida quyi pog'onalardan boshi chiqmagan 22 ta mag'lubiyat bilan musobaqa antirekordchisi bo'lgan "Cincinnati" jamoasi ohirgi uch turda nisbatan kuchli raqiblarini sulh tuzishga majbur qila oldi. Ueyn Runi ishtirok etmagan uchrashuvda, ikkala tomonda ham gol urish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq, jamoalar vaziyatlardan samara chiqarishda oqsashdi.
DC United |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 0
:
0
Tugadi
|
FC Cincinnati |
Stadion: Audi Field
Dallas shahrida bayram
O'tgan tur doirasida, Kolorado shahri jamoasiga mehmonda yirik hisobda taslim bo'lgan "Dallas" bu safar o'z maydonida keyingi bosqichdan umidini uzgan "Sporting Kanzas-Siti"ni qabul qildi va 6:0 ko'rinishida zafar quchdi. Gollarga kelsak, Zdenek Ondrashek "dubl"ga erishdi. Xedjes, Moskera, Barrios va joriy mavsum jamoa bosh to'purari bo'lgan Xesus Ferreyra bittadan to'p kiritishdi.
FC Dallas Zdenek Ondrasek - 9', Matt Hedges - 12', Harold Mosquera - 51', Michael Barrios - 54', Zdenek Ondrasek - 68', Jesus Ferreira - 73' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 0
:
6
Tugadi
|
Sporting Kansas City |
Stadion: Toyota Stadium
Etakchi va autsayder bellashuvi
Avvalgi tur doirasida, kimsan Zlatan Ibragimovich jamoasini mehmonda engish asnosida "sensaciya" qayd etgan "Vankuver" bu safar o'z muhlislari qarshisida barqaror o'yin namoyish etib kelgan "Real Solt-Leyk" jamoasiga minimal hisobda yutqazib qo'ydi. O'yindagi yagona golga 28-daqiqada Damir Kreylax mualliflik qildi. Ushbu mag'lubiyat orqali, mezbonlar musobaqani so'nggi o'rinda yakunlaydigan bo'lishdi.
Vancouver Whitecaps |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 1
:
0
Tugadi
|
Real Salt Lake Damir Kreilach - 28' |
Stadion: BC Place
Ahamiyatsiz o'yinda atlantaliklar g'olib
Musobaqaning amaldagi chempioni va joriy mavsumda ham bosh sovrin uchun kurashishni maqsad qilgan "Atlanta" jamoasi so'nggi tur bahsida "Nyu-Inglend"ni ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Dastavval, mezbonlar Darlington Nagbening tezkor goli evaziga oldinga o'tib olishdi. Lekin, oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas Penilya hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida, Martines va Gressellarning gollari evaziga "Atlanta" g'alabani ilib ketdi. Har ikkala jamoa ham, pley-off bosqichida ishtirok etishadi.
Atlanta United Darlington Nagbe - 3', Josef Martinez - 49', Julian Gressel - 57' |
Major League Soccer . 1-tur 07/10/2019, 02:25 1
:
3
Tugadi
|
New England Revolution Cristian Penilla - 8' |
Stadion: Mercedes-Benz Stadium
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar