MLS media huquqlarni 4 milliard dollarga sotmadi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017, 05:50
Amerika futbol ligasi (MLS) rahbarlari chempionatning telehuquqlarini 4 milliard dollarga sotishni istamadi.

MP & Silva xalqaro mediaxoldingi liganing translyatsiya huquqini 2023 yildan boshlab 10 yilga sotib olish taklifi bilan chiqqan edi. Aynan 2023 yilda ESPN, Fox va Univision bilan imzolangan shartnomalar muddati yakunlanadi.

Liga rahbarlariga MP & Silva mediaxoldingi rahbarlarining chempionatni autsayder tark etishi haqidagi so'rovi maqul kelmagan. MP & Silva tasischilaridan biri Rikkardu Silva “Mayami” klubining xo'jayinlaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa AQSH ikkinchi ligasida ishtirok etadi. 




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif