MLS kubogi joriy mavsum finalida qaysi jamoalar o'ynashi malum
01 noy 2022 08:46
Yangiliklar


MLS kubogi joriy mavsum finalida qaysi jamoalar o'ynashi malum
MLS pley-offining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
“Filadelfiya Yunion” 3:1 hisobida “Nyu-York Siti”ni mag'lub etgan bo'lsa, “Los-Andjeles FK” 3:0 natijasi bilan “Ostin FK”dan ustun keldi.
SHu tariqa, musobaqa finali “Filadelfiya Yunion” hamda “Los-Anjeles FK” o'rtasida o'tishi malum bo'ldi. Hal qiluvchi bahs 5 noyabr kuni Los-Anjelesdagi “Kaliforniya Banki” stadionida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, “Los-Anjeles FK” safida Karlos Vela, Jorjio Kellini, Garet Beyl va Kristian Telo kabi ko'pchilikka tanish futbolchilar harakat qiladi. Avvalroq, mazkur jamoa MLS mavsumiy turniri g'olibligini qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar