So’nggi yangiliklar

07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  19 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  9 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5

MLS futbolchisi, Figu va xorijlik murabbiy. Gvatemala yoshlar terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

MLS futbolchisi, Figu va xorijlik murabbiy. Gvatemala yoshlar terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

O'zbekiston U-20 termasining bugungi raqibi haqida.

O'zbekiston U-20 termasining yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichidagi so'nggi raqibi Gvatemala bo'ladi. Biz siz uchun ushbu jamoa haqidagi eng qiziqarli malumotlarni to'pladik.


Tarkibi va asosiy yulduzlari

Transfermarkt portali Gvatemala terma jamoasi tarkibini 1,8 million evroga baholamoqda. Turnirda faqat ikkita jamoa undan arzonroq – Dominikan Respublikasi (1,2) va Fiji (1,6).



Eng avvalo, legionerlarini alohida takidlash joiz. Ularning barchasi AQSHda o'ynaydi: Arian Resinos ("Nyu-York Red Bull" akademiyasi), Nestor Kabrera (Retger universiteti jamoasi), Allan Xuares (Berklidagi Kaliforniya universiteti jamoasi) va Arkimides Ordones (MLS'ning "Cincinnati" klubi). Kabrera va Xuares universitet jamoalarida o'ynasalar ham, AQSHning top klublari akademiyalaridan o'tishgan. Ordonesga kelsak, u MLS'da 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Ordones va Gvatemala chempionatining yana ikki nafar futbolchisi – Xonatan Franko va Anderson Gaitan mamlakatning asosiy terma jamoasiga chaqirildi.

Gvatemala terma jamoasida o'z Figusi bor: bu chap yarim himoyachisi – Figu Montano. Uning otasi afsonaviy portugaliyalik sharafiga bu ismni qo'ygan. Figuning otasi hozir hayot emas. Montano Jahon chempionatiga chiqishni unga atadi. 



Murabbiylar shtabi

Gvatemala U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi meksikalik Rafael Loredo hisoblanadi. 65 yoshli mutaxassis avval faqat Meksika va Gvatemala klublarida ishlagan. 2020 yilda u Gvatemala yoshlar terma jamoasini boshqargan, 2021 yilda esa to'rtta o'yinni mamlakat asosiy jamoasi boshqaruvida (vaqtinchalik) o'tkazgan.


Loredoga gvatemalalik Rigoberto Gomes yordam beradi. Futbolchi sifatida u butun faoliyatini "Kommunikasones" klubida o'tkazgan, shuningdek, Gvatemala terma jamoasida 16 ta o'yinda ishtirok etgan.


Oxirgi natijalari

Gvatemala terma jamoasi U-20 KONKAKAF Kubogi finaliga chiqdi va u erda Dominikan Respublikasiga yutqazdi. Darvoqe, O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan o'rtoqlik uchrashuvida ularni mag'lub etgandi. SHu bilan birga, gvatemalaliklar turnir davomida Kanada (1/8 finalda) va Meksikani (chorak finalda) mag'lub etishgan, ikki g'alaba ham penaltilar seriyasiga ko'ra qo'lga kiritilgan.

Mundial oldidan o'tkazilgan nazorat uchrashuvlarida Gvatemala Yangi Zelandiya, Fiji va Indoneziyadan ustun keldi. Ammo gvatemalaliklar guruh bosqichining birinchi o'yinida uch oy oldin mag'lub etilgan yangi zelandiyaliklarga o'zlari mag'lub bo'lishdi. Ikkinchi turda esa mezbon Argentina Gvatemalani 3:0 hisobida taslim qildi.



Musobaqadagi ishtirok  

Gvatemala uchun bu Jahon chempionati ketma-ket ikkinchisidir. 2011 yilda gvatemalaliklar Nigeriya, Saudiya Arabistoni va Xorvatiya bilan bir guruhdan joy olgan bo'lsa-da, pley-offga chiqishga muvaffaq bo'lgan. Hammasi guruh bosqichining so'nggi o'yinida xorvatlar ustidan qozonilgan g'alaba tufayli, Gvatemala uchinchi o'rinni olgan va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha pley-offga chiqqan.

Gvatemala 1/8 finalda uchrashuv boshida penalti orqali darvozasidan to'p olib chiqib, Portugaliyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. O'shanda portugaliyaliklar tarkibida Mariu Ruy, Sedrik Soaresh va Danilo Pereyra kabi futbolchilar to'p tepgan.

Balki Gvatemala O'zbekiston uchun kuchsiz raqibdek ko'rinar, lekin hech ham unga past nazar bilan qaramaslik kerak. Axir, jamoa KONKAKAF Kubogida Meksika va Kanadani mag'lubiyatga uchratgan.


O'zbekiston – Gvatemala bahsi bugun tunda, 02:00 da boshlanadi. Jamoamizga omad!


Nikolay Egorichev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика