"Mixed zone". Lazizbek Mirzaev: "Bugun Eron bilan o'yinda bo'lgan bosim va sarosimani engib maydonga chiqdik"
25 avg 2022 19:35
Yangiliklar
"Mixed zone". Lazizbek Mirzaev: "Bugun Eron bilan o'yinda bo'lgan bosim va sarosimani engib maydonga chiqdik"
O'zbekiston U-16 sardori Lazizbek Mirzaev "Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022" turnirining 2-turi doirasida o'tgan Yaponiyaga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin qiyin o'tdi. Yaponiya ancha shakllangan, bizga munosib raqib. Muxlislarga va murabbiylarimizga tashakkur bildirib qolaman. Jamoadoshlarim maydonning har bir qarich eri uchun kurashishdi. Eronga qarshi o'yinda biroz bosim va sarosima kuzatilgan edi. Bugun hayajonni engib harakat qildik. To'g'ri, yuz foiz o'z darajamizda to'p tepmagan bo'lishimiz mumkin. Bundan yaxshiroq harakat qila olamiz. Dastlabki maqsadimiz – Osiyo chempionatiga yo'llanma olish. Keyingi maqsad esa Jahon chempionati bo'ladi", – dedi Lazizbek Mirzaev.
Jamoliddin Rahmatullaev: "Futbolchilarimga raqibdan qo'rqish kerak emasligini takidlagandim"
“Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022”. O'zbekiston U-16 Yaponiya ustidan yirik g'alabaga erishdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar