"Mixed zone". Jassim Jobir: "Bizda hali hamon keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bor"
05 iyu 2022 11:55
Yangiliklar


"Mixed zone". Jassim Jobir: "Bizda hali hamon keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bor"
Biz tor mor etilgan Qatar jamoasi etakchilaridan biri Jassim Jobir bilan suhbatlashdik.
- Bugungi o'yin haqida fikringiz...
- Bugungi o'yin biz uchun juda ham qiyin bo'ldi. Bugun g'alaba uchun harakat qilgan edik ammo o'z xatolarimizni deb yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik.
- Stadiondagi muhit haqida nima deya olasiz?
- Raqibimiz o'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynashdi va bu ularga ustunlik berdi. Ammo biz professionallarmiz va bundan tasirlanmasligimiz kerak.
- Keyingi raqib Turkmaniston borasida fikringiz qanday?
- Keyingi bellashuvga motivaciyamizni yo'qotmasdan tayyorlanamiz. Xatolrimizdan xulosa qilamiz. keying o'yinda 3 ochko olish uchun hamma narsaga hozirmiz. CHunki bizda hali hamon keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bor.
Uchqun Azimov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar