"Mixed zone". BAA sardori: "Bizning guruh bu musobaqadagi eng kuchlisi"
04 iyu 2022 11:50
Yangiliklar
"Mixed zone". BAA sardori: "Bizning guruh bu musobaqadagi eng kuchlisi"
BAA U-23 terma jamoasi yurtimizda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatini Yaponiyaga qarshi o'yin bilan boshladi.
Tengma-teng kurash ostida kechgan uchrashuvda omad yaponiyaliklarga kulib boqdi. Bahsdan so'ng esa odatdagidek mikst-zonada BAA sardori Eid Hamis Alnuaimining fikrlari bilan qiziqdik.
"Ikki jamoa ham yaxshi o'yin o'tkazdi. Maydonda yo'l qo'ygan ayrim xatolarimiz sabab mag'lubiyatga uchradik. Keyingi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Guruhimiz ushbu musobaqadagi eng kuchlisi hisoblanadi. Biz esa yutuq uchun kelganmiz. Penalti? Futbolda bo'lib turadigan holat. Navbatdagi uchrashuvda bu kamchiliklarga yo'l qo'ymasligimiz kerak", - deydi Eid Hamis Alunaimi.
Fikrlar