So’nggi yangiliklar

08:50Россиялик машҳур мураббий: «Ҳусановнинг «Манчестер Сити»га трансфери мени ҳайрон қолдирди»  11 08:16«Пахтакор» «Бунёдкор» футболчисини қанчага сотиб олгани маълум  5 07:47А Серия. "Милан" "Кальяри"ʼни ўз уйида юта олмади, "Ювентус" дербида дуранг ўйнади ва бошқа натижалар  8 01:41Бундеслига. Кейннинг голи "Бавария"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  1 01:37Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса Шукуров жамоасини енга олмади  2 00:42Англия кубоги. "Манчестер Сити" тўртинчи лига жамоасига жавобсиз 8та гол урди!  45 23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  6 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  6 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  16 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  32 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  4

Misrliklar tomonidan "yondirilgan" kecha, Marseloning mahorati, Kennidining golidan keyin o'zini o'ldirgan "Boka" muxlisi Yangiliklar

Misrliklar tomonidan "yondirilgan" kecha, Marseloning mahorati, Kennidining golidan keyin o'zini o'ldirgan "Boka" muxlisi

Kechagi maqolani davom ettiramiz. Media markazda ish qaynadi. "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumaniga kirib so'ng rasmiy mashg'ulotlarga yo'l oldik.

Media markaz va mashg'ulot maydoni o'rtasida mashinada uch to'rt daqiqalik yo'l. Buning uchun maxsus ulovlar yo'lga qo'yilgan. "Fluminense"ga qaraganda OAV ko'p bo'ldi, bu tabiiy. Hammaning qiziqtirgan savol bitta edi, Xolland o'ynaydimi? Mashg'ulotga kirib javob oldik, yo'q! Lekin jarohatdan qutilib safga qaytgan De Bryune ko'pchilikni xursand qildi. 15 daqiqalik mashg'ulotda hech qanday taktik ishlar amalga oshirilmadi, qizib olish mashg'ulotlarini ko'rdik xolos. Keyin markazga qaytib, birinchi yarim finalga tayyorlandik. 




Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 o'yin boshlandi. Ikki musobaqada debyut qilgan birinchi o'zbekistonlik bo'libman. 2018 yil kattalar o'rtasidagi JCHda fotomuxbir sifatida debyut qilgan birinchi OAV vakili bo'lgandim. O'shanda ustoz Anvar Ilyosov ham qatnashganlar va kecha men klublar o'rtasidagi JCHda ishlash baxtiga erishgan ilk o'zbekistonlik bo'ldim. 




"Al Ahli" muxlislari haqida xabarim bor edi, lekin ularni bunchalik dahshatli ishqibozlik qilishlarini jonli ko'rib tomim ketib qolay dedi. Ularning hayqirig'i, qo'shiq aytishlari mag'lubiyatga uchrab turgan jamoasini qo'llab-quvvatlab turishini ko'rib tan berdim. Stadionga 34 986 nafar muxlis kirdi, shundan 30 000 nafari "Al Ahli" muxlislari edi. Saudiyada juda ko'plab misrlik migrantlar faoliyat olib borishadi, undan tashqari Qohiradan Jiddaga etib kelish ham muammo emas. Agar jamoa finalga chiqqanida Jiddaga mamlakatdagi barcha misrliklarni to'planishini kutish mumkin bo'lardi. 



Uchrashuvni Messi hamda Mbappe o'rtasida kechgan JCH-2022 finalini boshqargan polshalik SHimon Marcinyak boshqardi, qizig'i kechagi uchrashuv va 1 yil avvalgi final o'rtasidagi vaqt roppa-rosa rosa 365 kunni tashkil qildi. Birinchi bo'limda "Al Ahli" braziliyaliklarni qamal qildi. Lekin gol uradigan hujumchi bo'lmadi. O'z paytida "Yuventus" uchun ancha qimmatga tushgan ammo "A Seriya"da o'ynab keta olmagan Felipe Meloning 40 yoshida ko'rsatgan o'yinini ko'rib, o'zimizning yosh himoyachilarning kulgili xatolarini ko'z oldimga keltirdim. Anchadan beri maydonda bunday "dux" va kuchga ega markaziy himoyachini ko'rmagandim. Ikkinchi bo'limda Marselo o'z ishini qildi. Qanotdan hujum qildi va jarima maydonchasi ichida yiqitildi, hakam esa ikkilanmay penalti belgiladi. Avvaliga Melo to'pni qo'lga oldi keyin o'z ixtiyori bilan uni Arias Jonga berdi. 21 raqam egasi nuqtadan adashmadi. Mana shu golni kutib turgan Diniz Fernando finalga chiqishiga ishondi shekilli bir yo'la uch futbolchisini zaxiraga oldi, Ganso, Keno va Marselo o'z o'rinlarini Kennidi, Barbosa hamda Limaga bo'shatib berdilar. Jon Kennidiga havas ketida bu ism qo'yilganmi bilmadim, lekin u o'z ishini qildi. 90-daqiqada Kennidi himoyadagi xatodan foydalanib hisobni 2:0 ko'rinishga olib keldi. Bu futbolchi 1:1 hisobida yakuniga etgan o'yin qahramoni bo'lgan. 99-daqiqada yakunda jamoasining g'alabasiga sababchi bo'lgan gol muallifi bo'lishi bilan birga, 101-daqiqada qizil kartochka ham oladi. Afsuski mazkur bahsda jamoasi mag'lubiyatga uchrasa o'zini o'ldirishini aytgan argentinalik yosh muxlis, "Boka Xuniors" mag'lubiyatidan keyin o'z so'zida turgan.



Felipe Melo ikki karra "Libertadores" Kubogi sohibi, u 1983 yilda tavallud topgan.



Marselona bu kubokni 4 marotaba yutgan. U "Real Madrid" safida o'zi o'ynagan barcha finallarda g'alaba qozongan.




"Al Ahli" futbolchilari mag'lubiyatdan qo'rqmasalar ham bo'lar ekan. Gap shundaki, deyarli bitta muxlis ularni so'kganini, haqorat qilganini ko'rmadim. Bari qo'llayapti. Bunga javoban ular hurmat bilan ulardan o'z uzrlarini so'rayaptilar. Ayrim chalg'igan "Al Ahli" muxlislari Marselodan futbolkasini so'rab unga finalda omad tiladilar. O'yindan keyin yana ishga sho'ng'idik, ijodni sog'inibman. Buni ham o'ziga yarasha xumori bor. Odamlarga isbotlaydigan narsam qolmadi, o'z yo'limni topdim. Yoshim ham endi kichkina emas. Orzularim biroz o'zgardi, endi shogirdlarimni bazi o'yinlarini VIPda o'tirib ko'rishdan tashqari, katta katta musobaqalarda ularni suratga olib turishni xohlab qoldim.


Meni xursand qilayotgan narsa, O'zbekistondanman degan javobga, endi - Pokiston, deb qayta savol berishmayapti. Avvallari O'zbekiston qaerdaligini tushuntirguncha ancha vaqt ketardi. Bildimki, O'zbekistonni endi yaxshi tanishyapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика