So’nggi yangiliklar

03:05Конференциялар лигаси. "Челси"дан ишончли ғалаба, Антонидан гол+пас, "Фиорентина" ҳам чорак финалда  0 02:55Европа лигаси. Брунудан хет-трик, "Тоттенхэм"дан камбэк, "Лион"дан йирик ғалаба  6 02:30Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" 90+11-дақиқадаги гол эвазига ғалаба қозонди  0 01:45Лукас Васкес: "Реал" "Атлетико"дан яхшироқ эди"  8 01:10"Барселона" 33 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  2 00:58Европа лигаси. "Аякс" турнирдан чиқиб кетди, "Лацио" кейинги босқичда!  1 00:40Европа лигаси. "Рома" юришини тўхтатди  51 23:46Германия термасининг Италияга қарши ўйинлар учун қайдномаси эълон қилинди  4 23:25Руни: "МЮдан 10-15 футболчи кетиши керак"  3 22:41Асрор Ғофуров собиқ жамоасига қайтди  3 22:20Суперкомпьютер ЕЧЛ ғолибини тахмин қилди  36 21:38ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  4 21:12УЕФА Альварес вазияти бўйича баёнот берди  30 20:54"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  6 20:30Владимир Бубанья: "Охиригача "Андижон" жавобини кутдим"  11

Mirzohid G'ofurov: “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shish niyatidaman” Yangiliklar

Mirzohid G'ofurov: “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shish niyatidaman”

O'tgan mavsumda Pro ligada g'olib chiqib Superligaga yo'llanma olgan "Neftchi" tarkibini kuchaytirishga etiborni qaratmoqda.

Klub yangi mavsum oldidan o'z safiga "Navbahor" futbolchisi Mirzohid G'ofurovni qo'shib oldi. Kuni kecha klub bilan rasman shartnoma imzolagan futbolchi bilan aloqaga chiqib bu boradagi fikrlarini tingladik. 

- “Neftchi”ga o'tishi borasida

- O'zingizga malum, “Neftchi” ham yurtimiz futbolida o'z o'rniga ega, sovrindor jamoa hisoblanadi. Ammo so'nggi yillarda farg'onaliklarning omadlari kelmay,”Neftchi” 3 mavsum davomida Pro-ligada o'ynadi. Xabaringiz bor, jamoa o'tgan mavsumda Superliga yo'llanmasini qo'lga  kiritdi va bu yil kuchlilar safida o'ynaydi. Jamoa bo'lajak  mavsumda o'z oldiga shonli tarixini tiklash vazifasini qo'ygan. Qolaversa, “Neftchi”ni bir paytlar “Navbahor”da faoliyat yuritgan Ilhom Mo'minjonov boshqarmoqda. Uning qo'l ostida  “Navbahor”da 2 mavsum o'ynaganman.   SHu  bois, “Neftchi”dan tushgan taklifni qabul qilib, farg'onaliklar tarkibiga qo'shildim hamda yangi mavsumda jamoaning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shish niyatidaman. 

- Farg'onaliklar bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- “Neftchi” bilan bir yillik shartnoma imzoladim.

- “Navbahor”ni tark etishingiz oson kechmagandir? Axir, bu klubda 5 mavsum to'p tepdingiz...

- Albatta,  “Navbahor” viloyatimizning bosh va men uchun ancha qadrli jamoa. So'nggi 5 mavsumni “lochinlar” tarkibida o'tkazdim. SHu bois, “Navbahor”ni tark etish men uchun oson bo'lmadi. Lekin jamoani tark etishimga bir qator omillar sabab  bo'ldi. Keling, bu haqda to'xtalmay qo'yaqolay. Fursatdan foydalanib, “lochinlar” tarkibida o'ynagan paytimda meni qo'llab-quvvatlab turgan “Navbahor” klubining barcha xodimlari, rahbariyatdan tortib, ishchilarigacha, shuningdek, jamoaning barcha muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman hamda yangi mavsumda “Navbahor”ga ham omad yor bo'lib, o'z oldiga qo'ygan maqsadiga  erishishini tilab qolaman.

- “Neftchi”ga o'tish oldidan sizda qandaydir ikkilanish bo'lmadimi? 

- Takidlaganimdek, “Neftchi” o'zbek futbolida shonli tarixga ega kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabining yangi mavsumdagi asosiy maqsadi, “Neftchi”ning oldingi mavqesi hamda shonli tarixini qaytarish. Aynan shu jihatlar farg'onaliklar safiga qo'shilishimda muhim rol o'ynadi. 

- Aytingchi, boshqa jamoalar ham sizga taklif bilan chiqdimi?

-Albatta, boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldi. Ammo “Neftchi” varianti o'zimga maqul kelganligi bois, yangi mavsumni farg'onaliklar safida o'tkazishga qaror qildim. Maqsadim, jamoaga o'z niyatini amalga oshirishida yordam berish.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика