So’nggi yangiliklar

12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  37 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4

Mirzohid G'ofurov: "Mavsum avvalgilariga qaraganda qiziqarli o'tdi" Yangiliklar

Mirzohid G'ofurov: "Mavsum avvalgilariga qaraganda qiziqarli o'tdi"

Superliganing 2022 yildagi mavsumi yakuniga etdi. Farg'onaning "Neftchi" 9-o'rinni qo'lga kiritdi.

Xo'sh, yakunlangan mavsum jamoa etakchi azosi Mirzohid G'ofurovda qanday taassurot qoldirdi. Futbolchi bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yakunlangan mavsum haqida gapirsak, shaxsan chempionat bahslari oldingi mavsumlarga qaraganda boshqacha o'tdi. Aytaylik, men ham mavsumni o'zim uchun yangi jamoada boshlaganim bilan aytsa bo'ladi. SHuningdek, hamma guvoh bo'ldiki, mavsumni intrigasi so'nggi turlarga qadar saqlanib turdi. Nafaqat chempionlik uchun ham va quyi ligaga tushib ketmaslikka ham kurash qizg'in davom etdi.

Jamoamiz mavsumni yuqori o'rinlarning birida tugatishni istagandi. Aytaylik, maqsadlarga yarasha tayyorgarlik olib borilgan edi. Selekciya ishlari ham yaxshi bo'lgandi. Nazarimda bu yilgi yig'ilgan yangi jamoaga ko'prrq omad etishmadi. Lekin bu futbol kimdir yutadi va kimdir yutqazadi.

Men biror-bir bahsni og'ir va engil o'yinlar toifasiga ajratmagan bo'lardim. CHunki nafaqat bizda balki umumiy chempionatimizni har bir uyini murosasiz va kurashlarga boy o'tdi deb o'ylayman.

"Neftchi"dagi kelajagim? To'g'risi, oldimda takliflar bor,  buni yashirmayman. Lekin keyingi faoliyatimni qaerda davom ettirishim to'g'risidagi qarorni oila azolarim bilan maslahatlashib, keyin bir to'xtamga kelaman", - deya so'zlarini yakunladi G'ofurov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика