Mirjalol Qosimov: "Yangi mavsumda ham o'z oldimizga yuksak maqsadlarni qo'yamiz"
20 fev 2014 16:35
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yangi mavsumda ham o'z oldimizga yuksak maqsadlarni qo'yamiz"
Bugun "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
"Mavsumoldi yig'inlarda biz futbolchilarni jismoniy holatiga etibor qaratdik. Nazorat o'yinlarida natija muhim emas edi. Xorijiy yig'inlar yoshlarga juda ham foydali bo'ldi. Yangi mavsumda ham o'z oldimizga yuksak maqsadlarni qo'yamiz. 26 fevral kuni Saudiya Arabistonida "Al Fath" klubiga qarshi 2014 yildagi dastlabki rasmiy uchrashuvimizni o'tkazamiz. Tarkibida yulduz yo'q, biroq jamoa sifatida shakllangan. Bu jamoani yaxshi o'rgandik, - deb gap boshladi Mirjalol Qosimov.
– Legionerlar borasida nima deya olasiz? Nima uchun aynan shu futbolchilar tanlandi.
– Masalan, ukrainalik Sergey Simonenko rus tilini biladi. U juda aqlli, jismoniy holati yaxshi, gavdasi ham katta. Karlos esa ispaniyalik futbolchi. Ispan futboli hozirda jahon futbolida etakchi bo'lib turibdi.
– Jamoada yaponiyalik va turkmanistonlik futbolchilar ko'rikda bo'lishdi. Ularni olishga pul etmadimi?
– Yo'q, pulimiz etmadi deya olmayman. Yaponiyalik futbolchini sinovdan o'tkazdik, bu erda moliyaviy holat emas uning jismoniy holati rol o'ynadi.
– Anvar G'ofurov kutilmaganda "Lokomotiv"dan qaytib keldi. Klub uni qanday qabul qildi?
– Ochiqchasiga aytaman, biz futbolchilarni majburlab o'ynatmaymiz. Har kim o'zi uchun klub tanlaydi. Anvar G'ofurov ketishidan oldin yuragi shu erda qolayotganini aytgandi. Men uning uchun klub eshiklari hamisha ochiqligini malum qilgandim.
– Ispaniyalik Karlos Koto Barselona klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu futbolchi "Bunyodkor"da qanday o'rin tutadi?
– Agarda futbolchi juda kuchli pleymeker bo'lsa butun jamoani uning atrofida tashkil qilish mumkin. Ammo biz jamoaviy o'yin namoyish etamiz.

Fikrlar