So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  6 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Mirjalol Qosimov: “Ushbu yig'inda asosiy urg'uni jismoniy tayyorgarlikka qaratganmiz” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Ushbu yig'inda asosiy urg'uni jismoniy tayyorgarlikka qaratganmiz”

Iordaniyaga qarshi kechgan o'yindan so'ng terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugun 5 nafar futbolchining xizmatidan foydalana olmadingiz. Himoyada bir qator yoshlar harakat qilishdi. Umuman shu haqda nima deya olasiz?
- Dubdaydagi yig'in davomida kuni ikki mahal mashg'ulot o'tkazilmoqda. Yigitlarning jismoniy holatini yaxshilashni ko'zlab turibmiz. CHarchagan holatda futbolchilarimiz qanchalik harakat qila olishlarini sinab ko'rdik. Futbolda doim bir xil tarkib bilan o'ynab bo'lmaydi. SHu bois yoshlarga imkon berdik. Hasanov, Ahmedov, Jeparovda kichik jarohatlar bor. To'xtaxo'jaevda diskvalifikaciya bor. Falastin bilan o'yinda kamroq ishtirok etgan yigitlarga imkon berdik. Iskanderov, Rashidov, Muhammadiev va Krimec... Biz barcha futbolchilarning jismoniy holati bir maromda bo'lishini istaymiz. Nasimov ham o'ynadi. Iordaniyadek kuchli jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazganimiz ancha foydali bo'ldi. Bahs davomida yomon o'ynamadik. Bir qator variantlarni sinovdan o'tkazib oldik.

- Markazda Ibrohimov, To'raev va Kapadze o'ynadi. Deyarli bir xil tipdagi futbolchilarni maydonga tushirishga nima sabab bo'ldi?
- Bir xil uslubda o'ynaydigan futbolchilar bo'lgani bilan orqaroqda Javlon Ibrohimov o'ynashi kerak edi. Lutfulla bilan Timur hujumga yordam berib turishlari kerak edi. 4-3-3 taktikasida o'ynadik. Iskanderov o'ngda harakat qildi va Sardor Rashidov bilan birga o'rin almashib turishdi. Bugun Jamshid yoki Sardor to'psiz harakat qilib raqib himoyachilarini o'ziga qaratib, qanot himoyachilari Sayfiev hamda Muhammadiev hujumga o'tishlari talab etilardi. Sayfiev penalti ishlagan vaziyatda aynan shu taktikamiz ish berdi. Falastin bilan bo'lgan o'yinda qanotda o'ynagan Sardor Rashidov vaziyat bo'lib qolganida markazdan yorib kirib gol urgandi. Barcha futbolchilar sherigining o'rnini to'ldirib turishdi.

- Lutfulla To'raev bugun alohida ajralib turdi. Raqib hujumini buzishda ham, hujumni boshlashda ham faol harakat qildi. Lekin hali tarkibda Jeparov, Ahmedov va Haydarov kabi futbolchilar ham bor. To'raev shunday o'ynashini kutganmidingiz?
- To'raevni juda yaxshi bilaman. "Bunyodkor"da qo'lostimda ishlagan. Osiyo CHempionlar ligasida kuchli raqiblar bilan bahslarda ancha yaxshi harakat qilgan. Tajribasi anchagina katta futbolchi. Agar o'z ustida tinmay mehnat qilib o'zini ko'rsata olsa asosiy tarkibda ham o'ynay oladi. Futbol jamoaviy o'yin, hozir har bir futbolchi bor kuchi bilan harakat qilib shug'ullanmoqda. Bu jamoa uchun ham o'zi uchun ham foydali. Avstraliyada barcha o'yinlarni issiq ob-havoda o'ynaymiz. Issiqda o'ynash uchun jismoniy tayyorgarlik juda zarur. Texnikasi juda kuchli bo'lsa ham issiqda tezlikda raqibga yutqazib qo'yiladi. SHu bois bosh vazifamiz jismoniy holatni yuqori darajaga olib chiqish kerak. Masalan, Jeparov oddiy holatda oyog'ini shikastlab oldi. Barchamiz issiq jonmiz. Raqobat bo'lgan joyda o'sish bo'ladi, kim kuchli bo'lsa o'sha maydonga tushadi.

- Tursunov zaxiradan maydonga tushib chap qanotda o'ynadi. Rashidov o'ngda yaxshi o'ynayotgani uchun shunday yo'l tutdingizmi?
- Yo'q, yigitlarga aytilgan. Tez-tez qanotlarni almashib turish kerak. Sababi himoyachi bitta futbolchiga qarshi o'ynayversa uni “o'qib” oladi. Qanotlardagi futbolchilar chalg'itish evaziga himoyachilarga bo'sh zona ochib berishi va markaziy yarim himoyachilarni qulay vaziyatga chiqarishlari kerak edi.

- Ikkala qanotda o'ynash uchun o'ng va chap oyoqda o'ynay olishlari kerak. Bizning yigitlar bunga qanchalik tayyor?
- Hech qaysi futbolchida ikkala o'yin bir xil bo'la olmaydi. Masalan, Rashidovda chap oyog'i kuchliroq. Lekin ikkala oyoqda deyarli bir xil harakat qilishga intilib borishmoqda. Qanot yarim himoyachilari qanot hujumchilari rolida o'ynashmoqda.

- Birinchi bo'limda birgina Nasimov, ikkinchi bo'limda esa SHodiev va Alimov maydonga tushdi. Taktikaning o'zgarishiga sabab nima bo'ldi?

- Uchta hujumchi bilan ham o'ynash mumkin. CHunki, Rashidov aslida hujumchi hisoblanadi. Vohid SHodiev hujumchi ortida o'ynatish, Sergeevni o'ng qanotga qo'yishi ham mumkin. Hujumchilar bitta joyda o'ynamasliklari kerak. SHu bois turli tipdagi hujumchilarni maydonga tushirayapman.

- Avstraliyadagi qita chempionatiga ketadigan yakuniy tarkib borasida. Familiyalarni aytmasangiz ham o'zingiz uchun yakuniy qarorni qabul qildingizmi?
- Agar qo'limda bo'lganida Osiyo Kubogiga 30 nafar futbolchini ham olib ketardim. Lekin reglamentda 23 nafar futbolchi yozib qo'yilgan. Hozirgi yig'inda ishtirok etayotganlardan 3 nafar futbolchi Avstraliyaga bormasligi aniq. Kim bo'lishidan qatiy nazar hayot to'xtab qolmaydi. O'z ustida yanada kuchliroq ishlasa keyinchalik baribir terma jamoaga foydasi tegishi aniq. Terma jamoaning shu darajaga chiqishida bugungi yig'inda ishtirok etmayotgan yigitlarning ham mehnati bor.  

- Ignatiy Nesterov bugun ancha ishonchli o'ynadi. Jarima to'plarini qaytarib jamoani qutqarib qoldi.
- Unda bugun u qadar ish ko'p bo'lgani yo'q. Lekin sodir etilgan vaziyatlarda o'zini ko'rsatdi. Ignatiy nechchi yillardan buyon milliy terma jamoada asosiy posbon sifatida o'ynab kelmoqda. Osiyo chempionlar ligasida qancha o'yin o'tkazgan. Eldor ham, Akbar ham undan ko'p narsa o'rganishlari kerak. U jamoaning haqiqiy etakchisi bo'lishi kerak.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика