Mirjalol Qosimov: "G'alabalar bo'laversa xalq stadionga qaytadi"
08 sen 2014 21:22
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "G'alabalar bo'laversa xalq stadionga qaytadi"
O'zbekiston - Yangi Zelandiya (3:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.
"Avvalo barchani g'alaba bilan tabriklayman. Hozirgina Farhod Tojiev ota bo'ldi, uning qizchasiga uzoq umr tilayman. O'yinga kelsak yaxshi harakat qildik, Odilning gollari ham chiroyli chiqdi", - deb gap boshladi Qosimov.
- Farhod Tojiev katta hajmdagi ishni bajardi. To'g'ri uning vazifasi gol urish, hujumchilarga doim qiyin bo'lib kelgan. Hozirgi kunda ko'p hujumchilar gol urayotgani yo'q. Ko'pincha yarim himoyachilar to'p kiritib ketishmoqda.
- Incheonga kim ketadi? Tojiev bilan gaplashdim, chaqaloqni shifoxonadan o'zing olib chiqasan dedim. SHu bois uni Osiyo o'yinlariga olib ketmaymiz.
- Terma jamoaning o'yinlariga kam muxlis kelayotganidan albatta biz ham ranjiymiz. G'alabalar bo'laversa muxlislar albatta stadionga qaytishadi. Kechagi matbuot anjumanida ham aytgandim, har bir zarba golga aylanaversa futbol bo'lmasdi. To'g'ri Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz ko'plab insonlarga qattiq tasir qilgani bilinib turibdi. Ammo hayot to'xtab qolmaydi. Sabrli bo'lib ishlashda davom etishimiz kerak.

Fikrlar