So’nggi yangiliklar

09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  3 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  10 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  7 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  11 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1

Miroslav Soukup: "Qatarga 6ta gol urishgan ekan, buning o'zi O'zbekistonning kuchini anglatmoqda" Yangiliklar

Miroslav Soukup: "Qatarga 6ta gol urishgan ekan, buning o'zi O'zbekistonning kuchini anglatmoqda"

U23 Osiyo kubogi chorak final bahslari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Iroq jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup ham ishtirok etdi.

CHexiyalik mutaxassis O'zbekistonga qarshi bahs oldidan fikr bildirar ekan, ertaga jamoasini murakkab uchrashuv kutayotganini takidladi.


“CHorak finalga chiqqanimizdan mamnunmiz. Guruh bosqichida asosan Qarshida o'ynadik. Toshkentga kelib, kayfiyatimiz yanada oshdi. Boisi shahar havosi toza va “yashil”ligi ancha yuqori ekan. Ertaga bizni mezbonlarga qarshi jiddiy o'yin kutib turibdi. Mahalliy muxlislarning qo'llab-quvvatlashini ham inobatga olish kerak. CHamasi 30 ming muxlis qurshovida o'ynashimizni taxmin qilyapman. SHunday bo'lsa ham, ertaga yarim finalga yo'l olib, Iroq futboliga uzoq vaqt kutilgan g'alabani taqdim qilmoqchimiz”, – dedi murabbiy.



“Bu biz uchun juda ham muhim sinov. O'zbekistonning qanday kuchli ekanini bilamiz. SHuningdek, murabbiyim aytganidek, bu jamoaga muxlislarning qo'llab turishi ham katta motivaciya bermoqda. SHunga qaramay, ertaga biz g'alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, – dedi jamoa o'yinchisi Muhammad Karim.



– Guruh bosqichida siz amalga oshirgan rotaciyalar haqida arab OAVda ko'p tanqidiy maqolalar chop etildi. Bunga qanday izoh berasiz?
– Ha, bu haqida men ham o'qidim. Buning sababi oddiy. O'yinga kim tayyor bo'lsa, raqib taktikasini inobatga olgan holda o'sha shogirdlarimni bahsga tanlayman. OAV vakillarini hurmat qilgan holda aytamanki, o'yinga jamoani men tayyorlayman. Hamma ham restoran va boshqa joylarda o'tirib murabbiylik qilishi mumkin. Lekin masuliyat menga yuklatilgan.

– O'zbekistonning o'yiniga qaraydigan bo'lsak, ular guruh bosqichida ajoyib natija ko'rsatishdi. Ayniqsa, Qatarni yirik hisobda mag'lub etishdi. Ularning o'yinini qanchalik o'rganmoqdasiz?
– Albatta, mezbonlar kuchli jamoa. Ammo biz ham barcha sirlarimizni ochganimiz yo'q. Tayyorgarlik doirasida O'zbekistonning barcha o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bordik. Bizda mezbonlar o'yini haqida etarli malumot bor. Ularning har biz chiziqlarini chuqur tahlil qilyapmiz. Raqib o'yinchilari jismonan kuchli, 90 daqiqa birdek o'ynay olishadi, texnikasi ham kuchli. Qatarga 6ta gol urishgan ekan, buning o'zi ularning kuchini anglatmoqda. Muxlislarning qo'llashi O'zbekiston jamoasining yana bir ustunligi va bu ularni bo'lajak bahsda favorit maqomiga olib chiqmoqda.

– Jamoangiz tarkibida 20-21 yoshli o'yinchilar borligini takidladingiz, lekin O'zbekiston tarkibida o'ynaydigan barcha futbolchilar xuddi shu avlod vakillari hisoblanadi. Bunga qanday izoh berasiz?
– Men yosh haqida o'ylamayman. O'yinchilarning maydondagi darajasi men uchun ahamiyatliroq. SHundan kelib chiqqan holda raqib o'yinchilariga jiddiy qaraymiz. Bizdagi men takidlagan yosh avlod keyingi musobaqa uchun tajriba yig'moqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика