So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

Miroslav Kloze: "Bu yilgi Jahon CHempionati o'ziga xos bo'ladi" Yangiliklar

Miroslav Kloze: "Bu yilgi Jahon CHempionati o'ziga xos bo'ladi"

Iyun oyining o'rtalarida bo'ladigan chempionatda - 2002 yildan beri mundiallarda ishtirok etgan o'yinchini uchratishingiz mumkin.

Gap Miroslav Kloze haqida ketayotganini tushunib ulgurgandirsiz?!

JCH-2014 Germaniya terma jamoasining zafar quchishida afsonaviy hujumchi o'zining 16-golini urgan va jahon chempionati bombardirlari orasidan Ronaldudan o'zib ketgan. Germaniyalik forvard to'rt chempionatning 24ta bahsida ishtirok etgan. “Bundestim” uchun Kloze 137ta o'yinda ishtirok etib, 71ta gol urdi va uning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Ammo, 2016 yil kuzda futbol tarixida eng ko'p yutuqlarga erishgan ajoyib futbolchilardan biri oxir-oqibat “butsasini mixga ilib qo'ydi”. SHunga qaramay, joriy yilning yozida 39 yoshli sobiq futbolchini murabbiylar shtabi azosi, hujumchilarning ishini baholaydigan hakam sifatida ko'rishingiz mumkin.
Quyida Miroslav Klozening jahon arenasidagi yutuqlari, Rossiya jahon chempionati va uning ajoyib rekordlari bilan bog'liq suhbatidan bahramand bo'lishingiz mumkin.

— Siz turli mintaqalarda bo'lib o'tgan 4ta mundialda ishtirok etgansiz. Nima deb o'ylaysiz, Jahon CHempionati futbolchilar uchun qanchalik muhim?
— Jahon CHempionatida qatnashish — noyob tajriba ega bo'lish demakdir. Ayniqsa, unda g'alabaga erishganingizdagi his-tuyg'uni so'z bilan ifodalash qiyin. 2014 yil Jahon CHempioni bo'lish baxtiga muyassar bo'lganimdan juda xursandman. Biz bunday sharafga avval ham yaqin kelandik, lekin biroz omad etishmagandi: avvaliga 2002 yil final bosqichda muvaffaqiyatsizlikka uchradik, keyin esa ikki marotaba yarim finalda g'alabani qo'ldan boy berdik.

— Germaniya terma jamoasi o'zining barcha ijobiy jihatlarini ko'rsatib, final bosqichda g'alaba qozondi. Taassurotlaringiz?!
— Har qanday turnirda bir jamoa bo'lib ishlaymiz. SHuning uchun ham, uzoq masofagacha bora oldik deb o'ylayman. Bu nafaqat turnir jarayonida, balki mashg'ulot vaqtida ham mustahkamlanib boraveradi.

— JCH-2018da Germaniya g'alabani qo'lga kirita oladimi? So'nggi bor, 1962 yilda Braziliya bunga muvaffaq bo'lgan edi. Fikringiz?
— Bo'lishi mumkin. Ammo buning uchun bir jamoa bo'lib harakat qilishimiz kerak. Termada yosh va iqtidorli o'yinchilar kam emas, shunchaki ularni maydonda to'g'ri joylashtira olsak bo'lgani. Men doim jamoa haqida qayg'uraman. Ularning qiziqishi juda muhim. Agar har bir futbolchi nimaga qodirligini ko'rsata olsa, albatta, g'alaba qozonamiz.

— Rossiyada kutilmagan hodisalarni kuzatishimiz mumkinmi?
— Jahon CHempionatida shunday jamoalar maydonga tushadiki, ularning ishtirokini ko'rib, g'alaba qozonadi deb aniq aytish mumkin. Bunday jamoalar kerak bo'lsa, dunyo tan olgan futbolchilardan ham o'zib ketishi mumkin.

— Nima deb o'ylaysiz, bu yilgi mundialda kim o'z “so'zini” aytishi mumkin?
— Menimcha, super yulduzlar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Ammo shu o'rinda, har bir klubning o'z sardori borligini ham unutmaslik lozim. To'g'ri, bazilarini futbol yulduzi deb aytolmaymiz. Biroq ular o'z termasida muhim rol o'ynaydigan o'yinchilar hisoblanadi.

— Rossiya mundialidan nima kutyapsiz?
— Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionati o'ziga xos bo'lishi aniq. Biz buni Konfederaciya Kubogida allaqachon his qilib bo'lganmiz. Maydonda ajoyib atmosfera bo'lishi, tribunalarda muxlislar hayqirig'i hukmron bo'lishi hammaga malum. Nasib qilsa, Rossiyadagi Jahon CHempionati ajoyib bo'ladi.

— Siz Jahon CHempionatida gol urganlar bo'yicha — rekordchi hisoblanasiz. O'zingizni futbol afsonasi deb bilasizmi?
— Erishgan yutug'im ajoyib bo'lishiga qaramay, o'zimni afsona deb hisoblamayman. 16ta gol! Bu haqida faqat orzu qilish mumkin. Gap rekordim haqida ketganida, bu hamkasblarimning ham yutug'i deb etirof etaman. Agar ular bo'lmaganida, men bu darajaga erisholmagan bo'lardim.

— Kimdir rekordingizni yangilashi mumkin deb o'ylaysizmi?
— Futbolda iqtidorli o'yinchilar ko'p. Agar kimdir buning uddasidan chiqsa, men faqat xursand bo'laman. Men o'z rekordi bilan maqtanib yuradiganlar toifasidanmasman.

— Braziliyada, aynan braziliyaliklar bilan bo'lgan o'yinda, o'zingizning 16-golingizni kiritgan edingiz. Etmaganiga, jamoangiz 7:1 hisobida g'alaba qozongan. O'sha paytdagi taassurotlaringiz?!
— Ha, bu ajoyib bo'lgan edi. Bu golni urishim uchun, menga bor-yo'g'i ikki marotaba urinish kerak bo'lgan. Birinchi zarbada, braziliyalik darvozabon to'pni qaytara olgan, ammo ikkinchi urinishda omad menga kulib boqqan. O'sha o'yin o'ziga xos bo'lgan. CHunki uchrashuvda biz nafaqat braziliyaliklar maydonida yaxshi o'ynadik, balki o'zimizning yorqin golli daqiqalarimizni ham tarixga muhrlay oldik.

— Jahon CHempionati bilan bog'liq eng yorqin xotirangiz bilan bo'lisha olasizmi?
— Albatta, JCH-2014! Bu turnirni eslasam, o'sha lahzalar yana ko'z oldimga keladi. Ayniqsa, sovrinni topshirish marosimini ko'p eslayman. To'g'ri aynan o'sha paytdagi his-tuyg'u, qayg'urishlar hozir yo'q, lekin bu sodir bo'lganidan juda xursandman. Faoliyatim davomida, jahon mundiali bilan bog'liq esda qolarli vaziyatlar ko'p bo'lgan. Masalan, JCH-2002dagi debyutim va finalga chiqqanimiz. Bundan tashqari, Saudiya Arabiston terma jamoasi bilan bo'lgan guruh bosqichidagi o'yinda 8:0 hisobdagi g'alaba ham yodimda. Yaqinda ularning o'sha vaqtdagi sardori Sami Al Jaberni Moskvadagi yakuniy bosqichda uchratib qoldim. O'yindan so'ng u bilan doping-testdan o'tdik. SHunda yana bir o'sha paytdagi g'alabalik onlari ko'z oldimga keldi. Bundan baxtiyorman.

— Siz hozirda Germaniya termasining murabbiylik shatbida faoliyat yuritasiz va hujumchilar tayyorgarligiga javob berasiz. 2018 yilda ideal hujumchi qanday bo'lishi kerak deb hisoblaysiz?
— Menga Diego Forlanga o'xshagan o'yinchilar yoqadi. U haqiqiy hujumchi bo'lgan. Hozirgi kunda futbolchidan hamma tomonlama kuchli bo'lishi talab etiladi. Ayni vaqtda Robert Levandovskiyni bunga namuna sifatida ko'rsata olaman. Uning kuchli sifatlari talaygina va zaif jihatlari deyarli yo'q. Hujumchi doim aniq harakat qilishi va o'z uslubini o'zgartirib turishi kerak. Masala, o'yinda uchta, to'rtta va beshta himoyachi bo'lishi mumkin. Har safar har xil o'ynashga to'g'ri keladi. Reja bilan ish ko'radigan raqib doim xavfli bo'lgan. Lekin hozirgi o'yinlarda o'ng oyoq bilan yaxshi zarba berish deyarli uchramayapti.

— Germaniya termasidan ketganingizdan so'ng, sizning ko'p yillik hamkasbingiz Mesut Ozil tvitterdagi shaxsiy sahifasida shunday yozgan edi: “Miro, gollar uchun tashakkur! Sen afsonasan”. “Arsenal” yulduzi haqida nima deysiz?
— U bilan birga bir necha turnirlarda qatnashganmiz. U yuqori tezlikka ega buyuk futbolchi. Menga chapaqaylar bilan o'ynash yoqadi. Ular maydonda o'zgacha harakat qiladi. Har qanday hujumchi ortida unga o'xshash sherik bo'lishini xohlaydi. Mesut to'pni sizga oshirib, hamma himoyachilarni o'ziga qaratib, zarba berishingiz uchun yaxshi vaziyat yaratib bera oladi. U juda aqlli o'yinchi.

— Uni kim bilan taqqoslay olasiz?
—Franciyalik Joan Miku. Men u bilan “Verder” klubida birga o'ynaganman. U juda chaqmoqdek tez qaror qabul qilardi. U men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика