So’nggi yangiliklar

00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  0 00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  12 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  13 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22

Mirko Yelichich: "CHempion bo'lishning yagona siri bu - mehnat" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "CHempion bo'lishning yagona siri bu - mehnat"

Bu yil “Lokomotiv” ketma-ket ikkinchi bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat zamirida jamoada ishlab kelayotgan avstraliyalik murabbiy Mirko Yelichichning xizmatlari katta.

Malumki, ushbu mutaxassis o'z vaqtida “Paxtakor”, shuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasida ham faoliyat olib borgandi. Endilikda “Lokomotiv”da katta murabbiy bo'lib ishlayotgan Yelichich bilan uchrashib, undan bir qator savollarga javob oldik. 

- Sizni va “Lokomotiv” futbol klubini yana bir bor chempionlik bilan tabriklaymiz. Ayting-chi, ketma-ket ikkinchi yil chempionlikka erishish qiyin kechdimi? 

- O'tgan yil chempionlik uchun harakat birmuncha oson kechgandi. CHunki hammamiz bir maqsad yo'lida birlashib, faqat birinchi o'rin uchun kurashgandik. Lekin bu yil bazi o'yinlarga jamoani tayyorlash qiyin bo'lgani rost. CHunki futbolda  chempionlik qo'lga kiritilganidan so'ng keyingi chempionlik uchun harakat oson kechmaydi. O'tgan mavsum yakuniga etgach tarkibimizni olti nafar futbolchi tark etdi. Ularning hammasi maydonga tushib yurgan o'yinchilar edi. Natijada biz yangilarni qo'shib olib, yana eng yuqori o'rin uchun kurashdik. Mavsum oxiriga kelib esa bunga erishdik va chempionlikdan hammamiz xursandmiz. 

- Sizningcha, jamoani bir maromda ushlab turish qiyinmi? 

- Jamoani bir tekis ushlab turish qanchalik qiyinligini dunyoning istalgan klubi misolida ko'rish mumkin. Masalan, Evropaning eng kuchli klublarini olaylik, ular ham bir zo'r o'ynab, keyingi bahsda omad kelmay qolishi mumkin. Aksar jamoalarda bir hafta o'tib o'yin qovushmagan holatlar kuzatiladi. Bunga tabiiy holdek qarash kerak. Qolaversa, hammamiz ham insonmiz, har kuni o'zimizni boshqacha his qilishimiz, kayfiyat bir zo'r bo'lib, bir yo'q bo'lishi mumkin. Bu esa baribir o'yinga tasir qiladi. Bu o'rinda murabbiydan talab qilinadigani har bir futbolchini tushunish, kimga qanday yuklama berishni bilishi lozim. Bu maydonga chiqib to'p tepsanglar bo'ldi, hammasi o'xshaydi degani emas. 


- Aynan qaysi o'yindan so'ng bu yil ham “Lokomotiv” chempion bo'lishini his qildingiz? 

- “Dinamo” bilan uchrashuvdan keyin. 

- To'g'ri, shu o'yindagi g'alaba “Lokomotiv”ga rasman chempionlikni taqdim etdi. Biroq bungacha ham oradagi farq katta edi. 

- Oradagi farq katta, endi bemalol o'ynasak bo'laveradi deb o'ylash kerak emas. CHempionat davomida farq hatto 10 ochkoga etgan paytlar ham kuzatildi, lekin shunga qaramay bo'shashmadik. Ayniqsa, ikkinchi davrada asosiy raqiblarimizning kuchayishi bizni yanada hushyor bo'lishga undadi. “Paxtakor” yangi rahbariyat qo'l ostida yangi murabbiy va futbolchilar bilan ikkinchi davrani boshladi, “Bunyodkor” ham kuchaydi, “Nasaf” ketma-ket g'alabali seriyasini boshlab yubordi. Bu esa bizga xotirjamlik bermasdi. SHu bois
xotirjamlikka berilmay o'z yo'limizda davom etdik. Bemalol aytishim mumkin, birinchi turdan to oxirgi turgacha masuliyat hissini unutmadik. 

- “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatlari siri nimada? 

- Bu erda hech qanday sir yoki oson yo'l yo'q. Eng yaxshi sir bu - tinimsiz mehnat. G'olib bo'lish uchun har kuni ishlashing kerak. CHunki mehnatsiz muvaffaqiyatga erisha olmaysan. O'zbekistonda chempion bo'lish birmuncha qiyinroq deb o'ylayman. Negaki bu erda har kuni futbolchilar holatidan xabardor bo'lib turishingga to'g'ri keladi. Qolaversa, O'zbekiston chempionatida deyarli har yili yangi jamoa tuziladi. CHet elda bunday emas. Sen tayyor jamoani qabul qilib olasan va yaxshi ishlasang oson chempion bo'lasan. Bu erda ayniqsa
yoshlarni tayyorlab borish o'ziga yarasha mashaqqat talab etadi, bunga bir hafta yo bir oyda erishishning imkoni yo'q. 


- Qaysi o'yinlar ko'proq yodingizda qoldi? 

- Birinchi navbatda Osiyo chempionlar ligasi bahslarini aytgan bo'lardim. Bu musobaqada o'tkinchi o'yinning o'zi yo'q, hamma uchrashuvlarda muhit ajoyib bo'ladi, jamoalar oxirigacha kurashadi. Qisqasi, har bir o'yin yodda qoladi. Milliy chempionatda esa bizga doim qarshilik qiladigan to'rt-beshta jamoa bor va ular bilan kuch sinashish qiziq kechdi.  Bu mavsum ham shunday bo'ldi. Menga ayniqsa “Nasaf” va “Paxtakor”ga qarshi bahslar yoqdi. 

- “Lokomotiv” bu yil Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. Jamoa o'z guruhida oxirgi o'rinni egalladi. Bu haqda hamon o'ylab turasizmi yoki allaqachon esdan chiqarib yuborganmisiz? 

- Osiyo chempionlar ligasida har bir o'yin muhim. O'zbekiston chempionatida ketma-ket ikkita uchrashuvni yutqazib ham chempion bo'lishing mumkin, lekin Osiyoda emas. CHempionlar ligasida o'yinlar soni ko'p emas va har bir bellashuvdan maksimal darajada foydalanishing shart. Bu yil ikkita o'yinda aynan oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib, uch ochkoni qo'ldan chiqardik. Bu esa juda alam qildi. Bazi o'yinlarda xunuk o'ynab g'alaba qozonishing, bazilarida esa chiroyli o'ynab ham yuta olmasliging mumkin. Osiyo chempionlar ligasida jamoalar saviyasi ancha baland. Qolaversa, bunday nufuzli musobaqada uzoqqa borish uchun qo'l ostingda shunga yarasha kuchli futbolchilar bo'lishi kerak. 

- Oliy ligada eng yoqimli g'alaba sifatida qaysi o'yinlarni ko'rsata olasiz? 

- G'alabalar ko'p bo'ldi, lekin eng yoqimlisi haqida gapiradigan bo'lsam, ikkita o'yinni alohida aytishim mumkin. Ikkala uchrashuv ham birinchi davrada bo'lgandi. O'z maydonimizda “Nasaf”ni, safarda “Paxtakor”ni mag'lub etganimiz men uchun yoqimli g'alabalar bo'ldi. Aynan shu ikki g'alabadan so'ng biz turnir jadvalida ancha odimlab ketdik va ikkinchi davrada katta qarshilikka duch kelmadik. 

- “Lokomotiv” bu yilgi chempionatda to'rt marta mag'lub bo'ldi. Alamli mag'lubiyat kuzatildimi? 

- Eng alam qilgani “Paxtakor” bilan o'yinda ro'y berdi. CHunki o'yinni ko'rganlar biladi: biz “Paxtakor”ga qaraganda yaxshi harakat qilgandik. Durangga loyiq o'yinda standart vaziyatdan urilgan gol tufayli yutqazib qo'ydik. SHu bois mag'lubiyat hammamizga alam qildi. Qolgan uchta mag'lubiyat haqida gapiradigan bo'lsam, “SHo'rtan”ga qarshi bahsda umuman o'yinimiz qovushmadi. Buni tan olaman. “Bunyodkor” bilan yaxshi o'ynagandik, lekin to'p kirita olmadik. Ammo “Nasaf” bizga deyarli imkoniyat qoldirmadi. 

- Sizningcha, bu mavsum O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi kim? 

- Bu o'rinda faqat bir futbolchini aytib o'tmoqchi emasman. Menga ko'proq uch futbolchining harakatlari maqul keldi. “Nasaf”dan Dragan CHeran, o'zimizdan Marat Bikmaev va “Bunyodkor”dan Otabek SHukurov boshqalarga qaraganda alohida ajralib turishdi. Har uchala futbolchi mavsumni bir tekis o'tkazdi va ikkinchi davrada ham yo'qolib qolishmadi. 

- Murabbiylardan kimni ko'rsata olasiz? 

- “Nasaf”da Ro'ziqul Berdiev yaxshi ishlayapti deb ayta olaman. Nega? CHunki u jamoada muvozanat o'rnatdi. Hozirgi “Nasaf”dan birdaniga pastga tushib ketishni kutish qiyin. Jamoa o'z o'yin uslubi va yaxshi futbolchilariga ega. Qolaversa, tarkibdan kim ketmasin, jamoa o'ynashda davom etmoqda.  Buni esa murabbiyning mehnati samarasi deb bilaman. 

- Nima deb o'ylaysiz, keyingi yil 12ta jamoalik chempionat qanday o'tadi? 

- O'FFda rahbariyat o'zgardi va hozirgi kishilar futbolni ko'tarishga harakat qilmoqda. Lekin men 12ta jamoadan iborat chempionat nima berishini bilmayman. Buning uchun oldin shunaqa chempionatda o'ynab ko'rish kerak. Albatta, O'FFning tezda bu qarorga kelishi ko'pchilikni shoshirib qo'ydi, lekin hammasi yaxshilikka deb umid qilaman. 

- Agar oliy ligada 12ta jamoa qolsa, o'yinlar ancha qiziq kechishini eshityapmiz. 

- Bu faqat nazariy qarash xolos. Amalda nima bo'lishini hech birimiz bilmaymiz. Balki zerikarli o'yinlar ham ko'payib ketar. Bilasizmi, mening fikrimcha, gap musobaqada nechta jamoa ishtirok etishida emas, balki sifatda va klublarning futbolga bo'lgan munosabatida. 

- Bizning futbolchilar 38ta turga tayyormi? 

- Men O'zbekistondan tashqari ko'p mamlakatlarda ishlaganman va har erda futbolchilarning futbolga bo'lgan munosabatini ko'rganman. Hamma gap futbolchining o'ziga bog'liq, qatiy rejimga amal qilib, mashg'ulotlarda yaxshi ishlasa bemalol 38ta o'yinni o'tkaza oladi. Agar o'z ustida ishlamay qo'ysa, unga 20ta o'yin ham ko'plik qiladi. Bir meyorda o'ynash uchun futbolchi chempionatning birinchi kunidan to oxirgi kunigacha professional bo'lishi shart. 

- “Pro” licenziyasi uchun qachon o'qishni boshlaysiz? 

- Bilmadim, hozir bunga vaqtim yo'qroq. Menga bu savolni juda ko'p berishadi. Men uchun licenziya shunchaki qog'oz xolos, hamma gap tajriba va amaliyotda. “Pro” licenziyasi bo'la turib ishsiz yurgan murabbiylar qancha. Men yigirma yildan beri futboldaman va har kunim maydonda o'tadi. Mana shu men uchun eng yaxshi dars, buni siz hech qaysi talim maktabidan sotib ololmaysiz. 

- Keyingi yil “Lokomotiv” tarkibida katta o'zgarishlar bo'ladimi? 

- Biz selekciya jarayonini allaqachon boshlab yuborganmiz. Ammo tarkibda jiddiy o'zgarishlar bo'lmaydi. CHunki jamoa chempion bo'ldimi, yigitlarni almashtirgandan mano yo'q. Eng muhimi, mavjud tarkibni saqlab qolgan holda qo'shimcha kuchlarni jalb qilish. Qolaversa, ko'p futbolchilarning o'z klublari bilan amalda shartnomasi bor va ularni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi. Lekin imkon boricha kuchayishga harakat qilamiz. 

- Siz Avstraliyadansiz. SHu bois quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchiman. Nima uchun Avstraliya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqadi-yu, lekin O'zbekiston chiqa olmaydi? 

- Birinchidan, Avstraliyaning ko'plab futbolchilari Evropa klublarida o'ynashadi. To'g'ri, ular Madrid yoki Barselonada emas, balki Germaniya, Avstriyada faoliyat olib bormoqda. U erda ham yaxshi futbol yo'lga qo'yilgan. Lekin hozirgi paytda o'zbekistonlik futbolchilar orasida bundaylarini ko'rmayapman. Ehtimol kimdir arab klubiga, yana kimdir Xitoyga borishi mumkin. Ammo oradagi farq kattaligini bilasiz. Agar O'zbekiston o'zining eng yaxshi tarkibi bilan Avstraliyaga qarshi o'ynasa bitta o'yinda o'zini ko'rsatishi mumkin. Lekin mana shunday uchrashuvdan beshta o'tkazilsa, uchtasida Avstraliya g'alaba qozonadi, bir marta O'zbekiston yutadi va bir marta durang bo'ladi. Yana bir gapni aytishim kerak, avstraliyalik futbolchilarda mentaliet va xarakter juda kuchli.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика