So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  0 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  4 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  6 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Mirjalol Qosimovni birinchi marta mag'lub etgan Hamidjon Aktamov o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Mirjalol Qosimovni birinchi marta mag'lub etgan Hamidjon Aktamov o'yindan keyin nimalar dedi?

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"Raqibimiz O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa edi. Qosimovni o'zimga ustoz deb bilaman. O'yindan oldin ozgina hayajon bor edi.

Birinchi tur va ikkinchi tur o'rtasida tanaffus yuzaga kelgani bois yana kichik yig'in o'tkazishga majbur bo'ldik. Bugun g'alaba qozonishimiz shart edi, buni uddaladik", - deydi Hamidjon Aktamov.

- Bugun Medina Smit debyut qildi va gol urdi. U haqida gapirib bering.
- Bu futbolchini Turkiyadagi yig'inda ekanligimizda uning o'yinini ko'rdim va jamoaga taklif qildim. Smit 1998 yilda tug'ilgan, 21 yoshda. Nikaraguada bizdagi kabi sharoitlar yo'q. O'yinlari yomon emas, hali bundan ham yaxshi o'ynaydi.

- "Qizilqum" o'z legionerlarini uzoq vaqt saqlab qoladi. Bunga sabab nima?

- Bilmadim. To'g'ri ish olib borayapmiz, balki shungadir. Lekin bizda "otni kallasidek" pul yo'q. O'tgan yildan qolgan mukofot pullari ham bor. Futbol endi shunday, bugun bizda bayram. Bayramni davom ettirish uchun harakat qilamiz. Ustozim Islom Ahmedovga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoamiz shunday shakllanishiga Ahmedovning xissasi katta edi.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика