So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Mirjalol Qosimov: "Xatto Braziliya ham "Navbahor"ga qarshi safarda qiynalsa kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Xatto Braziliya ham "Navbahor"ga qarshi safarda qiynalsa kerak"

"Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi va yarim himoyachisi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin chiroyli bo'ldi. "Navbahor"ga qarshi safarda o'ynash menimcha Braziliyaga ham oson emas. Lekin mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatdik deb o'ylamayman. SHogirdlarim juda yaxshi harakat qilishdi. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Hayot davom etadi. SHunday o'yinlar bizni yanada kuchli qiladi.

"Navbahor"ning 12-o'yinchisi yani muxlislari juda kuchli. Ular raqiblarga bosim qilib turishadi. Futbol shunisi bilan qiziq. O'yin so'nggida biroz bo'shashdik, hakam xushtagini chalmagucha to'xtab qolish kerak emas.

Mag'lubiyatni Rustam Ashurmatovning jarohat olishi bilan bog'lash kerak emas. Uning o'rniga tushgan Islom Qobilov ham yaxshi o'ynadi. Hakam qancha daqiqa qo'shib bersa shuncha o'ynash kerak.

Biz har bir bahsdan oldin raqib o'yinini tahlil qilamiz. "Navbahor"ning kuchli tomonlarini bilardik. Ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi, uzun paslar bilan harakat qilishadi. Turg'unboev va O'runov, Aliev kabi yarim himoyachilar juda yaxshi o'ynashadi. Standart vaziyatlarda uch nafar legioner yaxshi harakat qilishadi. Bizda esa baquvvat 2 metrga yaqin bo'yga ega futbolchilar yo'q", - deydi Mirjalol Qosimov. 



"O'yindan oldin murabbiylarimiz og'ir bo'lishini aytishgandi. Alamli mag'lubiyat bo'ldi. Ammo keyingi bahslarda g'alaba qozonishga urinamiz", - deydi Sardor Sobirxo'jaev.


Reyting: +114   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика