So’nggi yangiliklar

11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  0 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  14 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  19 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5

Mirjalol Qosimov: "Vaziyatlar, shijoat va o'yinimizda mano bor. Durangga mos o'yinda mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Vaziyatlar, shijoat va o'yinimizda mano bor. Durangga mos o'yinda mag'lub bo'ldik"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - OKMK (2:1) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kubok bahslari har doim o'ziga xos. Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik. Shogirdlarim yomon o'ynashmadi. O'yinni o'z qo'limizga olib, durang qayd etishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda golga bo'lgan vaziyatlarda "Paxtakor" ustunlik qildi. Sergeev osongina gol urib ketdi. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Durangga mos o'yinda mag'lub bo'ldik, futbolda bunday vaziyatlar bo'lib turadi. Endi o'yinni tahlil qilib chiqishimiz kerak. 13 aprel sanasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak" - dedi Mirjalol Qosimov bahs yakunlangach.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinga qo'shilib keta olmagandek, ayniqsa yaponiyalik Naoaki Senaga. Zaxiralar bugun qanchalik ish berdi?

- Ha, u o'yinga kirishib keta olmadi. Bugun jamoa yutqazdi, men kiyinish xonasida ham shuni takidladim. Hozir kimnidir aybdor qilishi befoyda. Biz yaxshi vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan yaxshiroq foydalanishimiz kerak edi. Masalan, Abdurazzoqovning vaziyati, darvozaga ikki metrda to'g'ri zarba bersa bo'ldi edi yoki Abdurahmonovning vaziyati. Muhimi, vaziyatlar, shijoat va o'yinimizda mano bor. Endi o'yinni takroran ko'rib chiqishimiz kerak. Keyin esa bir xulosaga kelamiz. Masalan, raqib futbolchisi Jonatan Lukka osongina maydon markazidan o'tib ketdi. O'yinga tayyorgarlik jarayonida "Paxtakor" qanotlardan ko'p hujum qilishga tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugungi o'yin tarixga aylandi, endi keyingi bahsga etibor qaratishimiz kerak. Jarohatlangan futbolchilar imkon qadar tezroq safga qaytadi degan umiddaman.

- Aziz Holmurodovni ertaroq maydonga tushirish varianti haqida o'ylab ko'rmadingizmi? Holmurodov jamoa o'yinini kuchaytira oldi...

- Futbolchining jismoniy tayyorgarligi va jarohatdan so'ng qanchalik tiklanib olganini inobatga olgan holda uni maydonga tushiramiz.

- OKMK bugungi mag'lubiyati bilan guruhdan chiqish vazifasini qiyinlashtirib yubordi. Keyingi uchrashuv esa "Nasaf"ga qarshi. "Nasaf"ga qarshi o'yinda bosim ko'payib ketmayaptimi? Ushbu bosimdan qanday chiqib ketmoqchisizlar?

- Biz 13 apreldagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. "Nasaf"ga qarshi kechadigan o'yingacha ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. Men bosimni his qilmayapman, sababi bu futbol va har xil scenariy ro'y berishi mumkin. Oldimizda yana ikkita o'yin bor. Bosim esa yosh futbolchilarda bo'lishi mumkin, ular shunday o'yinlar orqali o'sishga erishadi. Bugungi bahs tarixga aylandi, endi keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. "Nasaf"ga qarshi kechadigan bahsga qadar ham o'yinlarimiz bor. Men o'yindan o'yinga sakramayman.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика