So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Mirjalol Qosimov: "Ro'ziqul Berdiev meni futbol o'ynashga chaqirmagani uchun jarohat oldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ro'ziqul Berdiev meni futbol o'ynashga chaqirmagani uchun jarohat oldi"

Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing ikkinchi turida "Nasaf" maydoniga safar uyushtirdi.





Murosasiz kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. O'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo o'zbek xalqini yaqinlashayotgan navro'z bayrami bilan o'zimni va jamoam nomidan tabriklayman. Bugun haqiqatdan ham maydonda bir-biriga mos jamoa harakat qildi. Birinchi bo'limda "Nasaf" yaxshi to'p tepdi. Goldan tashqari yana xavfli vaziyatlar yaratdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tashabbusini qo'limizga oldik. Menimcha, biz uchrashuvning navbatdagi qismida raqibdan yaxshiroq harakat qildik. Natijada gol urib hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqa oldik. Umuman olganda durangga mos o'yin bo'ldi. Fursatdan foydalanib Ro'ziqul Berdievga sog'lik tilayman. Meni futbol o'ynashga chaqirmagani uchun jarohat oldi (hazil manosida). Garchi jamoani bir nechta futbolchi tark etgan bo'lsada, zaxiradagi yoshlar hisobiga ketganlarning o'rnini to'ldira oldi",- deya gap boshladi Mirjalol Qosimov.

- Joriy mavsumda favorit sifatida kimni ko'rsata olasiz?

- O'zbeklarda: "Jo'jani kuzda sanaymiz" degan ajoyib gap bor. Oldindan gapirishni istamayman. Bu - futbol, unda kim omadli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi. Mavsum davomida jarohatlar va boshqa yo'qotishlar yuz beradi. 5-6ta jamoa chempionlik uchun kurashsa kerak.

- Jamoadagi legionerlardan qay darajada ko'nglingiz to'lyapti?

- Murabbiyning ko'ngli hech qachon to'lmaydi. Ko'ngli to'lgan kuni futbolni tugatishi kerak. CHunki o'sishdan to'xtaydi.

- Hozirgi tarkib bilan AGMKning xalqaro maydondagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Savolingizni tushundim. Bizni aprel oyida "Al Garafa" bilan o'yin kutmoqda. Maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish. CHempionat o'yinlari orqali tayyorgarlik ko'ramiz. Qolaversa bizda mavsum endi boshlandi. Barchasi o'sha kuni maydonda hal bo'ladi. Hozirgi qo'l ostimdagi shogirdlarimga ishonaman. Tarkibga boshqa futbolchi jalb qila olmaymiz.

- Transfer oynasi kecha yopildi. Sizning rejangizda bo'lgan, lekin jamoaga olib kela olmagan futbolchi bo'ldimi?

- Busiz iloji yo'q. Xabaringiz bor, jamoamizni qishda to'qqiz nafar futbolchi tark etdi. Umumiy olib qaralganda tarkibning 50-60 foiz qismi o'zgardi. Ketganlarning o'rnini imkon qadar to'ldirishga harakat qildik. Rejamizda futbolchilar bor edi. Ammo ular sir bo'la qolsin.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика