Mirjalol Qosimov Qozog'iston klubida ish boshlashi mumkin
03 may 2016 10:03
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov Qozog'iston klubida ish boshlashi mumkin
45 yoshli o'zbekistonlik murabbiy Mirjalol Qosimov yaqin orada Qozog'iston klublaridan birida ish boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Mirjalol Qosimov murabbiylik faoliyatini 2006 yilda O'zbekiston olimpiya terma jamoasida boshlagan. Keyinroq Bunyodkor va O'zbekiston milliy terma jamoasida ishlagan.
Murabbiy sifatida Bunyodkor bilan 3 marta chempion va 2 marta kubok sohibiga aylangan. Qosimov klub bilan birga ikki bor OCHL yarim finaliga etib borgan.
Fikrlar