So’nggi yangiliklar

18:30"Динамо" - "Шўртан" (онлайн ҳисоб)  2 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   3 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3

Mirjalol Qosimov: “O'n bir himoyachiga qarshi o'ynash oson emas” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “O'n bir himoyachiga qarshi o'ynash oson emas”

O'zbekiston kubogining dastlabki yarim finali doirasidagi “Bunyodkor” - “Dinamo” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yarim finalga kuchsiz jamoa etib kelmaydi. “Dinamo”ning himoyadan o'ynashini bilgan edik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Kutganimdek, bugun samarqandlik futbolchilar 5-4-1 sxemasi asosida o'z o'yinlarini tashkil etishdi. Bizga bugun tezkor gol etishmadi. Otabek SHukurov, Akrom Komilovda darvozani ishg'ol qilish uchun yaxshigina vaziyatlar yuzaga kelgandi. Afsuski, ular bu imkoniyatdan foydalana olishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilarimiz esa men nimani talab qilayotganimni tushunib etishmadi. Bunday mustahkam himoyani faqat markazdan uyushtiriladigan hujumlar bilan yorib o'tib bo'lmaydi. SHuni yigitlarga tushuntirib, qanotlardan hujum tashkil qilishni uqtirgandim.

- Bugun “Neftchi” bilan bo'lib o'tgan o'yindagi shiddatni ko'rmadik. Buning sababi nimada?

- “Neftchi” bilan nisbatan ochiq futbol ko'rgandik. Bugun “Dinamo”ning 11 nafar himoyachisiga qarshi o'ynash oson kechmadi. Bizning futbolchilarga aql etishmadi. Boshqa tomondan hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. “Dinamo” ham o'z maydonida mag'lubiyatga uchrab, Muborakda kechgan javob uchrashuvida g'alaba qozonib ketdi. Nima uchun biz Samarqandda zafar quchmasligimiz kerak?


- “Dinamo” ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz qanday?

- Futbolchilar bugun o'z murabbiylari ko'rsatmalarini to'liq bajarishdi. Himoyada bexato harakat qilishdi.

- Mirjamol Qosimovning bugungi o'yini haqida nima deysiz?

- Xatolari bor, buni o'zi ham biladi. Unda baribir Mirjalol Qosimovning o'g'li degan tushuncha miyasida turadi. SHu narsa unga o'yinda halal berib kelyapti. O'ziga ham bu haqida ko'p gapiraman. Mashg'ulotlarda ham tinmay ishlayapti. Hamma tatilga chiqqanida u mashg'ulotlarni davom ettirdi. Asta-sekin hammasi o'z iziga tushib ketadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика