Mirjalol Qosimov: "Keskinlik yuqori va xavfli vaziyatlarga boy o'yin bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2021, 01:40
Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Andijon" – AGMK (2:3) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor, yurtimizdagi barcha matbuot va OAV xodimlarini professional kasb bayramlari bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli va muxlislarga yoqadigan tomoshabop tarzda o'tdi. Har ikkala jamoa hujumkor futbol ko'rsatishga intildi. Yorqin va ochiq futbol ko'rdik. Keskinlik yuqori va xavfli vaziyatlarga boy o'yin bo'ldi. “Andijon” bugun mezbon maqomida mezbonlarga xos tarzda o'ynadi va bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. “Andijon”ning mazkur o'yini saqlanib qolsa, jamoa elitada qolishga qodir. Birinchi bo'limda va ikkinchi taymda ham har ikkala jamoada gol urish uchun etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa, jamoamiz o'yin taqdirini avvalroq hal etib qo'yishi ham mumkin edi. Bazi vaziyatlarda omad yuz o'girgan bo'lsa, bazan raqib darvozaboni jamoasini goldan qutqardi. Muhimi, kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. G'alaba bilan jamoamiz ishqibozlarini tabriklayman va bugungi o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman", – dedi Mirjalol Qosimov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати