So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Mirjalol Qosimov: "Jamoamiz hozirgi paytda men xohlagan o'yinni ko'rsata oldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Jamoamiz hozirgi paytda men xohlagan o'yinni ko'rsata oldi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.

- Mirjalol Qo'shoqovich, bugungi o'yin haqida fikringiz?

- Bungacha oxirgi marta 13 mart kuni rasmiy uchrashuvda "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushgandik. SHundan so'ng oradan uch oy o'tib yana o'yin o'tkazdik. Og'ir o'yin bo'ldi. Birinchidan, mehmonda to'p tepdik. Ikkinchidan, karantin baribir o'z tasirini ko'rsatdi. SHunga qaramay yigitlarga rahmat, jamoam men xohlagan o'yinni ko'rsata oldi. SHu tempda davom etsak, o'yindan o'yinga yanada yaxshiroq bo'lib boramiz. SHu o'rinda jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.


- Oradan 11 yil o'tib AGMK Navoiyda g'alaba qozondi. Bu statistikadan xabaringiz bormidi? 

- Futbolda hamma o'z ishini qilgani maqul. Mening vazifam jamoani bo'lajak bahslarga tayyorlash. Jurnalistlarning ishi esa raqamlarni hisoblash va statistika yuritish. SHu bois doim ham statistikani kuzatib bora olmayman. Siz aytgan malumotdan esa to'g'risi xabarim yo'q edi. Lekin baribir eshitish yoqimli bo'ldi. 


- AGMK raqibga nisbatan ko'p jihatdan kuchliroq ko'rindi. SHunga qaramay faqat bitta gol urdi. Bu haqda fikringiz? 

- Baribir qisqa fursat ichida zo'r tayyorgarlik ko'rish qiyin. Ammo bugun o'yinni boshqara oldik. Vaziyatlar yaratishda davom etsak, hali yana gollar bo'ladi. Uch oy kuchli ritmda futbol o'ynalmagani baribir o'z tasirini ko'rsatadi. Ikkita chempionat orasida odatda jamoalar bir oy yoki yigirma kun dam olishadi. Hozir esa tanaffus uch oyni tashkil etdi va bu juda katta vaqt.


- AGMKning bu yilgi maqsadi qanday? 

- Har bir uchrashuvda maydonga tushib jangovor o'yin ko'rsatish, g'alaba qozonish va shu orqali olmaliqlik muxlislarni xursand qilish.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика