So’nggi yangiliklar

15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  0 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  0 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  6

Mirjalol Qosimov: "Hozir futbolni barcha tushunadi. Raqib bizga hech qanday syurpriz taqdim qilmaganini hamma ko'rdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hozir futbolni barcha tushunadi. Raqib bizga hech qanday syurpriz taqdim qilmaganini hamma ko'rdi"

OCHL saralashi doirasida O'monning "Al Sib" jamoasi mag'lub etilganidan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

- Eng muhimi keyingi bosqichga yo'l oldik. Asosiy maqsadimizga yana bir qadam tashladik. Kecha aytib o'tganimdek, raqibimiz juda yaxshi shakllangan jamoa. Nima bo'lganida ham g'alaba qozondik, lekin o'yin davomida ham bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. Masalan, qizil kartochka bizning barcha rejalarimizni buzib yuborishiga bir qadam qoldi.

Xurshid G'iyosov: - Kuchli raqibga qarshi o'yin o'tkazdik. O'yin oson kechmadi, lekin biz g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Eng muhimi bugun g'alaba qozondik va keyingi bosqichga yo'l oldik.

- Raqib o'yinini o'rganib chiqdim degan edingiz. Bugun raqib sizga qanday "syurpriz" taqdim etdi?

- Raqib "syurpriz" taqdim etmadi. Hozirgi kunda hamma futbolni tushunadi. Raqib jamoasining ikki nafar futbolchisi bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmadi va ularning o'rniga boshqa futbolchilar maydonda bo'lishdi.

- Martin Boakening ikkinchi sariq kartochkasiga fikr bildirib o'tsangiz

- Ikkinchi sariq kartochkasi mayli, lekin men uning birinchi sariq kartochkasini nega olganini tushunmadim. O'sha vaziyatda, u aqlliroq harakat qilsa bo'lar edi. Futbolda "sababli" sariq kartochka bor, Martin birinchi sariq kartochkani keraksiz joydan ortirrib oldi.

- Bugun bir nechta futbolchilarning o'yini chiqmagandek, xususan Martin Boake chetlatilgunga qadar ko'p vaziyatlardan foydalana olmadi.

- Hujumchi gol urmasa, u yomon o'ynadi degani emas. To'g'ri, u bugun bir nechta xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olmadi, lekin u jamoaviy o'yinga katta hissa qo'shdi. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi, agar Martin o'sha vaziyatda gol urganida, hozir u qahramonga aylangan bo'lar edi. Zaxiradan maydonga tushgan qolgan futbolchilar esa, sekin-astalik bilan jamoaviy o'yinga kirishib ketishmoqda. Islom To'xtaxo'jaevda jarohat bor edi va shu sababdan u hozirgi kunda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика