So’nggi yangiliklar

20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  0 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  17 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  44 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2

Mirjalol Qosimov: "Hamma o'z cho'ntagiga qarab ish qiladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hamma o'z cho'ntagiga qarab ish qiladi"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "championat.asia" saytiga qisqacha intervyu berdi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Bunyodkor"ni ikki nafar futbolchi tark etdi.
Biri Vadim CHemirtan bo'lsa, ikkinchisi O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov.

SHuningdek, "Bunyodkor" vingeri Doston Hamdamovga "Paxtakor" tomonidan jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ushbu masalalar bo'yicha quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Ayni paytda ijaraga berib yuborgan futbolchilarimizni jamoaga qaytarganmiz va ular yig'inda qatnashishmoqda. Tarkibda hozircha yangilar yo'q, o'sha-o'sha futbolchilar bilan tayyorgarlikni davom ettiryapmiz.

SHukurov masalasiga keladigan bo'lsak, Otabek SHukurovni o'tgan yili jamoamiz bilan o'rtadagi shartnomasi tugagani bois BAAga ketdi.

O'ylashimcha, agarda JCHga chiqqanimizda Otabek SHukurov BAAga ketmasdi. Uning BAA variantini tanlashiga asosiy sabab JCHga chiqolmaganimiz bo'lsa kerak. SHukurovga JCHga chiqolmaganimiz qattiq tasir ko'rsatdi, shekilli. Aks holda SHukurov yangi mavsumni ham o'zimizda o'tkazib turardi, nazarimda. Eshitishimcha, "Paxtakor" ham hozirgi sharoiti bilan Igor Sergeevni jamoada olib qololmadi.

Bunga qadar Otabek SHukurovni "Paxtakor" o'z safiga chorlashga urinib ko'rgandi. Biroq SHukurov "Paxtakor"ga o'tishdan ko'ra xorijga yo'l olishni maqul topdi. SHukurovni qarorini ham to'g'ri tushunish mumkin. Futbolning umri qisqa, shu bois futbolchi yaxshiroq sharoitda o'ynashni istagani tufayli "Bunyodkor"dan ketdi. CHunki hozirda biz futbolchilarga ular istagan sharoitlarni taklif qilolmaymiz.

To'g'risini aytish kerak, hozirgi kunda "Paxtakor" bizdan ko'ra yaxshiroq sharoitga ega. SHu boisdan ham ular erkin agent maqomidagi Sayfiev, Abduraximov va boshqa futbolchilarni o'z saflariga qo'shib olishmoqda. 

- Bizdagi malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" Doston Hamdamovga jiddiy qiziqmoqda...
- Ha, Doston Hamdamovga "Paxtakor" tomonidan qiziqish bo'lmoqda. Hamdamovning jamoamiz bilan amalda yana bir yillik shartnomasi mavjud. Agarda klub rahbarlari ushbu transfer bo'yicha kelisha olishsa, balki Hamdamov kelgusi faoliyatini "Paxtakor" bilan bog'lashi mumkin.
Bu borada ko'p narsa futbolchining o'ziga bog'liq. Agarda Hamdamov "Paxtakor"ga o'tishni istasa, unda uni jamoaga majburlab olib qololmaymiz.
Futbolni majburan o'ynatib bo'lmaydi.

- Avvaliga SHukurov va endi Hamdamov jamoadan ketishi mumkin...
- Nima demoqchi ekanligizni tushundim. Futbol shunday. Futbolda har doim barchasi bir tekis davom etmaydi. Sportda past-u balandliklar bo'ladi. Hozirda shunday payt. Biz istagan futbolchilarni jamoada olib qololmasligimiz mumkin. Buyog'iga asosiy etiborni akademiyadan chiqib kelayotgan yoshlarimizga qaratamiz.

- Ketayotgan futbolchilarni nomlariga qaraydigan bo'lsak va hozirga qadar jamoaga yangilardan hech kim kelmaganidan xulosa qilsak, "Bunyodkor" kuchsizlanmoqda...
- Hamma o'z cho'ntagiga qarab ish qiladi. Masalan cho'ntagizda 10 so'm pul bo'lsa, bozorga kirib shunga yarasha narsa sotib olasiz. 10 so'mga 20 so'mlik narsani xarid qilolmaysizku.
Jamoadan etakchi futbolchilarimiz ketishmoqda. Ularning har birini "Bunyodkor"da o'z o'rni bor. SHukurovni ham yoki bo'lmasa Hamdamovni ham. Lekin shuni unutmaslik kerakki, futbol bu avvalo jamoaviy o'yin. Hali aytib o'tganimdek, futbolchini majburlab o'ynatib bo'lmaydi. Ketganlarni o'rnini bosadigan futbolchilar esa chiqib kelaveradi. Bizda akademiya kuchli. Endi asosiy urg'uni akademiyaga qaratamiz. 

Yaqinda Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev sportga, xususan futbolga alohida etibor qaratishlarini va bu bo'yicha yangi qaror qabul qilinishi haqida aytib o'tdilar. Bu albatta kishini juda quvontirdi. Zero, futbol bu avvalo xalq o'yini. Umid qilamanki, kelajakda "Bunyodkor" akademiyasida tahsil olayotgan yoshlar futbolimiz yutuqlariga katta hissa qo'shishadi. Biz esa o'z navbatida futbolimiz rivoji yo'lida ishlashda, mehnat qilishda davom etamiz.

Hamma o'z cho'ntagiga qarab ish qiladi. Masalan cho'ntagizda 10 so'm pul bo'lsa, bozorga kirib shunga yarasha narsa sotib olasiz. 10 so'mga 20 so'mlik narsani xarid qilolmaysizku.

(c) Mirjalol Qosimov

- Aytaylik, "Paxtakor" Hamdamovni sotib olsa, "Bunyodkor" futbolchining transferidan tushadigan pullarga yaxshiroq saviyadagi legionerni jalb etishi mumkinki?
CHunki bilamiz, siz legionerlarni chertib-chertib tanlaysiz...
- Menga qolsa Doston Hamdamovni "Bunyodkor"da olib qolishni istardim. Agarda bu transfer amalga oshsa, unda avvalo tushadigan pullarga futbolchilar oldidagi qarzdorlik yopiladi. Keyin ko'ramiz. Balki siz aytgandek yaxshi saviyali legionerni jalb etarmiz. Balki umuman legioner xizmatidan foydalanmasmiz. Buni vaqt ko'rsatadi.

- Demak har qanday holatda ham "Bunyodkor"ning maqsad va vazifalari o'zgarmaydi, desak bo'ladimi?
- SHuni alohida takidlashni istardim, jamoamizdan kim ketadi yoki kim keladi, bundan qatiy nazar "Bunyodkor"ning maqsadi o'zgarmaydi. Nega yangi futbolchilar jalb etilmayapti? CHunki jamoamizning hozirgi moliyaviy holati bunga imkon bermayapti. Har bir murabbiy o'z jamoasini kuchaytirishni, tarkibga yuqori malakali futbolchilarni ko'rishni istaydi. Lekin mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqib ishlayapmiz.

Jamoamizdan kim ketadi yoki kim keladi, bundan qatiy nazar "Bunyodkor"ning maqsadi o'zgarmaydi.

(c) Mirjalol Qosimov

Biz har qanday tarkib va futbolchilar bilan doimo kurashga tayyormiz. Futbol kurashni xush ko'radigan sport turi. Qachonki kurash, raqobat bo'lsagina o'sish, rivojlanish kuchayadi. Bu esa yakunda baribir terma jamoamizga borib taqaladi. Qachonki chempionatimizda kuchli raqobat hamda intriga bo'lsa, bundan avvalo muxlislar va terma jamoamiz manfaat ko'rishadi. "Bunyodkor" esa har doim maydonga tushgandan keyin kelgan muxlislar haqqi-hurmati g'alaba uchun o'ynaydi.
Muxlislar esa stadionga chiroyli futbol va maydondagi keskin kurashni kuzatgani kelishadi. 

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика