So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Mirjalol Qosimov: "Futbolda xarakter ko'rsatish muhim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolda xarakter ko'rsatish muhim"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jangovar va qiziqarli o'yin bo'ldi. Yaxshi niyatda kelgandik. "Paxtakor" kuchli raqibligi, nimalarga qodirligi malum edi. Men uyalmayman, yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi, ikkinchi bo'limda harakatlarimiz jonlandi, ustunlik biz tomonga o'tdi. Mana shu narsani ilk daqiqalardan boshlashimiz zarur edi. Fursatdan foydalanib mustaqilligimizning 30 yilligi bilan tabriklayman",- deydi Mirjalol Qosimov. 

- AGMK ilk daqiqalarda chuqur himoyaga yotib oldi. Piter Xyuistraga har tomonlama yutqazganingizni tan olasizmi?

- Yo'q, nega endi? Masalan kurashda yutqazmadik.  Ilk daqiqalardan taktik sxema shuni talab qildi. Qanotlarimizdagi futbolchilar qarshi hujumlarda faolroq bo'lishlari talab qilinardi. Istalgan o'yinni yutish  yoki yutqazish mumkin. Uchrashuvning boshida Boburning elkasidan to'p kelib tushdi va Aziz Turg'unboev gol urdi. O'sha vaziyatda ham o'ynamasdan qo'yib yuborish yoki ruhan sinishi mumkin edi. SHunga qaramasdan ruhan sinib qolmadik. O'n kishi qolganimizga qaramasdan yigitlar oxirigacha kurashishdi. Futbolda xarakter ko'rsatish muhim. Bu eng yaxshi hislat, deb o'ylayman. 

- Jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilganiga qaramasdan maydonda o'z darajalarini ko'rsatishga qiynalishmoqda. Bugung ham shuning guvohiga aylandik. Mazkur holat nima bilan bog'liq?

- Bo'lishi mumkin.  Balki "Paxtakor" nomi tasir qilyotgandir. Ular bilan ortda qolgan davr mobaynida bir marta durang o'ynadik. Qolgan o'yinlarda mag'lub bo'ldik. Balki shu ham tasir qilgandir.  

- Nima uchundir bugungi kunda o'sha "Paxtakor"da o'ynagan Mixail Anga o'xshagan etakchilar chiqmayapti. Masalan "Bunyodkor"da Lutfulla To'raev keng maydon bo'ylab etakchlik qiladi....

- O'zbek futboliga kerakli paytda o'yinni kuchaytiradigan shunday futbolchilar kerak. Bu xudo tomonidan beriladi. Biz ham istaymiz, Anlarga o'xshagan futbolchilar ko'p chiqsa o'zbek futboli yutadi.  Futbolchilar 15, 16 yoshida katta yutuqlarga erishib to'xtab qolishadi. Bizning mentalitet boshqacha. Jahon chempionatlarida qatnashib ruhlanib ketishadi, natijada futbol boshqa planga o'tib ketadi. Juda ham iqtidorli futbolchilarimiz bor. Qolaversa, futbolchining o'ziga ham ko'p narsa bog'liq.  Oddiy misol Timur Hakimov. SHunday futbolchining keyinchalik ochilib keta olmagani achinarli. Jahon chempionatidan so'ng osmonlarga olib chiqdik. Men o'shanda "Bunyodkor"da faoliyat olib borardim. Garchi boshqa klubda ishlasamda, baribir o'zbek futboliga kerakli futbolchi bo'lgani uchun befarq bo'la olmasdim. Bir ikkita noto'g'ri gaplarga eshitgach, o'ziga ham qattiq gapirdim. Boshqa futbolchilar shu narsani qilmasligi kerak. Vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi. Futbolchi butun umr futbol o'ynamaydi. O'z vaqtida fundamentni qo'yib olishi kerak. Xalqimizda o'zing uchun o'l etimm, degan maqol bejiz aytilmagan.  Futbol doim birinchi raqamli bo'lib qolishi kerak, u ikkinchi raqamga o'tdimi albatta faoliyatida pasayish kuzatiladi. Futbolni aldab bo'lmaydi. Yurakdan mehnat qilib o'ynasa, futbol ham beradi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика