So’nggi yangiliklar

08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  5 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  5 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1

Mirjalol Qosimov: "Ertaga muxlislarni qizg'in derbi kutmoqda" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ertaga muxlislarni qizg'in derbi kutmoqda"

OCHL "A" guruhi 2-tur doirasidagi AGMK - "Istiqlol" o'rtasidagi o'yindan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga yarim himoyachi Mirjamol Qosimov hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: "Ertaga Xudo xohlasa bizni yana bir juda ham muhim o'yin kutib turibdi. "Istiqlol" bizga qo'shni jamoa, shu boisdan o'ziga xos derbi bo'ladi. O'zbekiston va Tojikiston jamoalarining o'zaro o'yinlari azaldan derbi maqomida qizg'in to'qnashuv bo'lib kelgan. O'ylaymanki, ertaga muxlislar chiroyli futbol guvohi bo'lishadi. Hech bir o'yin oson bo'lmaydi. Avval aytganimdek, har bir uchrashuvga chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba ilinjida maydonga tushamiz. "Istiqlol" jamoasi tartibli futbol namoyish etmoqda. Ularning ichki chempionat o'yinlari, xususan superkubok va "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'yinlarini ko'rib chiqdim. "Istiqlol" jamoasi qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydi. Raqibning tartibli va chuqur himoyasini yorib kirishga va qarshi hujumlarni o'tkazib yubormaslikka harakat qilamiz. Bu oson bo'lmasligi aniq. Ertangi o'yinga jamoamiz tayyor va biz muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz". 

- 2 yil avval OCHL saralash o'yinida "Istiqlol" bilan AGMK to'qnash kelgan va unda g'alaba qozongansizlar. Bu jihat sizlarga ruhiy ustunlik beradimi?

- Olmaliqdagi o'yin tarixga aylangan. Bu albatta jamoamiz va muxlislar uchun yoqimli tarix sifatida qolgan. Lekin ertangi bahs butkul boshqa va yangi chaqiruv bo'ladi. Biz ertaga ham Xudo xohlasa o'sha yoqimli damlarni ishqibozlarga taqdim etishga harakat qilamiz. 

- AGMK hujumkor futbol ko'rsatadi, ertangi raqib "Istiqlol" esa himoyaviy. Ertangi bahsda taktik taraflama o'zgarish bo'ladimi?

- Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga va raqibning himoyasini yorib o'tishga harakat qilamiz. Bu oson bo'lmaydi. SHuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, "Istiqlol" himoyadan tezkor qarshi hujumga o'tishda xavfli. "Istiqlol" safida Manuchexr Jalilov va Huseyn Dog'an kabi yaxshi va tezkor futbolchilar bor. Imkon qadar raqibga qarshi hujumga o'tib ketish imkoniyatini berish kerak emas. Lekin bu ishni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Biz raqibning tartibli himoyasini yorib o'tish barobarida ularni qarshi hujumga o'tib ketmasliklarini taminlashimizga to'g'ri keladi.

Mirjamol Qosimov (AGMK jamoasi yarim himoyachisi): "Avvalambor Assalomu alaykum. Bosh murabbiyimiz aytganlaridek, ertangi o'yinga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Bu erga jamoamiz shunchaki kelgani yo'q. OCHLda oson o'yinlarning o'zi yo'q. Guruhda kuchli jamoalar yig'ilgan. Xudo xohlasa ertangi o'yinga barcha futbolchilar bilan yaxshi harakat qilib, o'zbekistonlik muxlislarga g'alabani tortiq etishga urinamiz. Ikki yil avvalgi o'yin tarixga aylangan va bizni ertaga yangi bahs kutmoqda. SHu boisdan ham avvalgi uchrashuvni esdan chiqarib, unga chalg'imasdan bor diqqat-etiborimiz ertangi o'yinga qaratishimiz lozim. Xudo xohlasa ertaga muxlislarni yana bir bor xursand qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz".


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика