So’nggi yangiliklar

11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  1 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  15 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0

Mirjalol Qosimov: "Ektor Kuper? Menimcha, O'FA rahbariyati barchasini taroziga qo'yib qaror chiqaradi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ektor Kuper? Menimcha, O'FA rahbariyati barchasini taroziga qo'yib qaror chiqaradi"

"Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasiga kelishi kutilayotgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper haqidagi berilgan savolga javob berdi.

- "Ektor Kuper? Men bu vaziyatni baholay olmayman. Bu masalani hal etadigan va yakuniy qarorni qabul qiladigan O'FA rahbariyati bor. Menimcha, ular barchasini taroziga qo'yib qaror chiqarishadi. Hali Kuper terma jamoamizga rasman kelgani yo'q. SHu boisdan to'ydan oldin nog'ora chalmagan maqul", dedi Mirjalol Qosimov.

O'FA rahbariyati terma jamoaga murabbiy tayinlayotganda yoki nomzodlarni ko'rish jarayonida yaqindagina tashkil etilgan murabbiylar kengashidan (O'FA elon qilgan MTJ murabbiylar kengashidan SHota Arveladze ("Paxtakor"), Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf"), Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor") - "CA") tavsiya yoki maslahatlar oldimi, deyilgan savolga "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagicha javob berdi:

- Mendan hech kim maslahat so'ragani yo'q. Avvalambor xorijdan murabbiy kelishini jurnalistlar ko'p so'rashdi, matbuotda bong urildi. Marhamat, mana terma jamoaga chetdan murabbiy kelyapti. Biz esa terma jamoamizga qo'limizdan kelganicha yordam berishga doim tayyormiz.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика