So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  19 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  19 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor"ning umri uzoq bo'lishini niyat qilaman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor"ning umri uzoq bo'lishini niyat qilaman"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O'zbekiston kubogi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Eng muhimi, kerakli natijaga erishdik va keyingi bosqichga yo'l oldik. Ayni paytda oson o'yinlarni o'zi yo'q. Bugun ramazon oyi bo'lishiga qaramasdan stadionga tashrif buyurgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. CHunki ruzadorlarga futbol kelish oson emas. Agarda bugun ozgina bo'lsada ularni kayfiyatini ko'tara olgan bo'lsak, unda men baxtiyorman.


- Transfer oynasi ochilgach jamoaning bir qator futbolchilari ketib qolish ehtimoli mavjud...
- Bu normal holat. Avvallari takidlaganimdek, agarda yaxshi taklif tushadigan bo'lsa, unda bir futbolchini sotib yuborish evaziga jamoani saqlab qolamiz. Transfer - futbolning bir bo'lagi. Butun dunyoda bo'ladigan odatiy jarayon. Futbolda transferlar, qaysidir futbolchini ketib qolishi avval ham bo'lgan va bundan keyin ham shundayligicha qoladi. Buni to'g'ri qabul qilish lozim.

- Uzun quloq gaplarga qaraganda, kelasi yili "Bunyodkor" jamoasi faoliyat yuritishi so'roq ostida ekan...
- To'g'risini aytadigan bo'lsam, ertaga nima bo'lishini Xudo biladi. Yaxshi niyat qilib qolamiz. SHunday jamoa, ajoyib majmua, necha yuzlab insonlarning mehnati sinayotgan ushbu kollektiv, yosh bolakaylar tahsil olayotgan akademiya. CHin dildan "Bunyodkor" klubining umri uzoq bo'lishini niyat qilib qolaman.


"Bunyodkor" O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida "So'g'diyona" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etib chorak finalga yo'l oldi.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика