So’nggi yangiliklar

13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  0 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  1 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  4 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  20 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  18 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  37

Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ning g'alabasini jamoaning marhum muxlisi xotirasiga bag'ishladi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ning g'alabasini jamoaning marhum muxlisi xotirasiga bag'ishladi

Superliganing 6-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Metallurg" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Bugungi g'alabani marhum muxlisimiz Muhammad Ali Xoji ota Turdialievning xotirasiga bag'ishlaymiz.  Ularning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Qiziqarli kechgan o'yinda haqli ravishda g'alaba qozondik. Bugungi bahsda g'alabani qo'lga kiritish oson kechgani yo'q. CHunki "Metallurg" jamoasi bugun ikkinchi raqam ostida, yani qarshi hujum taktikasida harakat qildi. Ularning bu rejasi bizga o'yin davomida etarlicha noqulayliklar taqdim etdi. Birinchi bo'limda futbolchilar yaxshi o'ynashdi, ammo hujumlarga oxirgi nuqtani qo'yishda biroz oqsadik. Ikkinchi bo'limda esa qilingan mehnatlarimizga yarasha mukofot oldik. O'ylaymanki, jamoamiz qo'ldan kelgancha chiroyli futbol ko'rsatib g'alaba qozonishga harakat qildi. Natijada muhim g'alabani tantana qildik.

- Kuni "Championat.asia" nashrida mehmon bo'lganizda ushbu uchrashuvda O'zbekiston Superligasi asosida yaratilgan virtual futbol sayti "PFLMANAGER.UZ" uchun jamoangizdan SHahzod Nurmatovni olishni tavsiya bergandingiz. Yakunda esa ushbu maslahatingiz o'zini oqladi va hujumchi nafaqat gol urdi, balki golli uzatmani ham amalga oshirdi...

- Ha, nafaqat Nurmatov, balki Murod Toshmatovni ham tavsiya qilgandim. Umuman olganda bugun Nurmatov bir emas, 2-3ta gol urish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Tanaffusda qaerda xato qilganini aytib, kerakli ko'rsatmalarni berdim. Ikkinchi bo'limda esa gol urishga erishdi. Nurmatov kelajakda ham o'z xatolari ustida ishlasa, maydonni golsiz tark etmaydi. Bugun ham qanotlardan uyushtirilgan bir qator hujumlarni yakunlashda unga aniqlik etishmadi.

- Mavsum avvalida "Bunyodkor"ning bu qadar muvaffaqiyatli start olishini ko'pchilik kutmagandi. Jamoaning hozirgi g'alabalari poydevori aynan siz bilan bog'liqligi haqida matbuotda ham bot-bot yozishmoqda. Aytingchi, muvaffaqiyat siri nimada?

- Yaqindagina "Championat.asia" saytiga tashrif buyurganimda ushbu savolga javob berdim. Hammasi juda oddiy. Inson tushunadigan oddiy so'zlar. Muhimi, futbolchilarim ushbu kerakli so'zlarni to'g'ri qabul qilishmoqda. O'ylaymanki, bu narsa avvalo ular uchun foydali. Barcha futbolchilardan bir xil narsa talab etilmoqda. Bu Zuhurov bo'ladimi, Ibrohimov, Ikromov yoki G'iyosov bo'ladimi, farqi yo'q. SHuningdek, har bir futbolchi jamoa muvaffaqiyatiga o'z hissasini qo'shishi kerak. Bizning o'yin tavakkallikka asoslanmagan. To'pni bexuda tepvorish emas, ko'proq to'p bilan muomulada bo'lish va mazmunli futbol o'ynash. Qo'l ostimda iqtidorli futbolchilar jamlangan. Jamoada pul bormi-yo'qligidan qati nazar "Bunyodkor" o'z darajasidan pastga tushishi kerak emas. Hayot bir tekis davom etmaydi. Hayot tepalik va pastliklardan iborat. Jo'jani esa kuzda sanaymiz.  

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика