So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  5 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  9 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o'yindan muxlislar yutdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o'yindan muxlislar yutdi"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Dinamo" - OKMK (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Albatta, bugungi o'yinda muxlislar yutdi. Vaziyatlarga, kurashlarga boy o'yin guvohiga aylandik. Hisob tenglashganidan so'ng o'ylab turgandim, bitta gol urgan jamoa yutib ketardi. Oxirgi 20 daqiqalikda "Dinamo"da ham, bizda ham yarim himoya deyarli ishlamadi. Maqsad har ikki jamoada ham hujumga qaratildi. Kojoning golida chap qanot himoyachimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Mezbonlarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

- Bir daqiqada o'yin kartinasini chizib berdingiz. Bugungi o'yin haqida hozir hamma gapirayapti.

- Ha, aytib o'tdimu, bugungi futboldan muxlislar yutdi.

- OKMK daraja bo'yicha "Dinamo"dan ustun ekani baribir ko'rindi. Oxirgi daqiqalarda har ikki jamoaning ham g'alaba uchun harakati ortidan talato'plar yuzaga keldi. SHuning natijasida jamoangiz mag'lub bo'ldimi?

- Oxirgi 20 daqiqalikda har ikki jamoaning ham yarim himoya chizig'i ishlamay qoldi. Zaxiradan qo'shilgan futbolchilarimiz o'yinimizni kuchaytirib berishlari kerak edi. Lekin ko'ngildagidek harakat qila olishmadi.

- Jamoangiz atrofida joriy mavsum chempionligi haqida gap-so'zlar ko'payib qoldi...

- Men ishlagan har bir jamoamda mablag' bormi, yo'qmi, bor imkoniyatdan foydalanib, yuqori natijalar uchun harakat qilganman. O'tgan o'yindan keyin ham shu haqida aytdim. Mehnat qilish kerak. Bugun OCHL ligalariga qura tashlandi. Maqsadni shunga qaratish kerak. Bu turnirlarda o'ynash uchun yo chempion bo'lish kerak, yoki kubokni yutish lozim. SHunga qarab intilish kerak.

- Jamoaga siz uchun kelgan eronlik futbolchi "Navbahor"ga o'tib ketdi...

- Yo'q, men uchun kelmagan. Tushunib turibman, Siyavash Haqnazari haqida aytayapsiz. U klubsiz yurganda jamoaga taklif etdik. Yo'qotilgan yarim yili uchun ham jiddiy harakat qildi, o'z ustida ishladi. Masalan, men uning o'rniga yugurib berganim yo'q. Bizdan yaxshiroq sharoit taklif qilishsa, ketishiga biz qarshi emasmiz. Har doim aytganman, futbolchilar jamoaga men uchun kelishmaydi. Har bir futbolchi o'zi uchun o'ynaydi, jamoa manfaatiga xizmat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика