So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  5 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

Mirjalol Qosimov: “Suhrob Sultonov bugun darvozani qahramonlardek qo'riqladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Suhrob Sultonov bugun darvozani qahramonlardek qo'riqladi"

Coca Cola superliga 24-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan jamoamizga as qotdi. CHunki "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Qiziqarli va oson bo'lmagan bahs bo'lishini bilgandik. Vodiyda o'ynash oson emas. Buni doim takidlayman. Bahs bizning jamoa uchun omadli kechdi. Uchrashuv qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda o'tdi. Futbol shunday o'yinki, qachonki sen urmasang, unda senga urishadi. Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, "Qo'qon-1912" jamoasi bugun juda yaxshi harakat qildi. Birinchi bo'lim startida va o'yin oxiriga qadar hisobda ortda borayotgan bo'lsada oxirigacha kurashdi. O'ylashimcha, bugungi bahs muxlislarga manzur keldi.  SHuni alohida takidlash lozimki, bugun darvozabonimiz Suhrob Sultonov ajoyib bahsni o'tkazdi. Ko'plab vaziyatlarda jamoamizni muqarrar gollardan qutqarib, qahramonlik ko'rsatdi. Jamoamiz esa imkoniyatlardan samarali foydalandi. SHuningdek, yana qator vaziyatlar sodir etildi. Kelasi o'yinlarda "Qo'qon-1912" jamoasiga omad tilayman. Ochig'i, bugun raqib menda juda ham yaxshi taassurot qoldirdi. 


Birinchi davraga nisbatan jamoamizda o'sish kuzatilmoqda? Hozir jamoamga yoki ishimizga baho berishim biroz noto'g'ri bo'ladi. Buni chetdan kuzatayotganlar baholagani maqul. Ha, jamoa ikkinchi davraga kelib ancha o'sganini takidlashim mumkin. Bir jamoani shakllantirish uchun malum vaqt talab etiladi. Oddiy misol, uy qurayotganda avval poydevori yaratiladi, g'isht teriladi, keyin tayyor bo'lgach jihozlanadi va hokazo. Futbol ham shunga o'xshash. Yangi jamoani birpasda to'liq shakllantirib bo'lmaydi. Futbol ham o'ziga yarasha sanat. Bejizga bu sport turini millionlar o'yini deb aytishmaydi. SHu boisdan ham yangi jamoani qurish uchun vaqt kerak bo'ladi. To'g'ri, jamoamiz futbolchilari o'zaro o'yin tushunchasi, hamjihatlik oshib bormoqda. Faqat afsuski endi mavsum deyarli yakunlanib bormoqda (kuladi). Bir jamoani yaxshi shakllantirib, har taraflama raqobatbardosh qilish uchun bazan yillar kerak bo'ladi. Masalan, "Lokomotiv" ham O'zbekiston chempioni bo'lish uchun 5 yil sarfladi. "Paxtakor"ni olaylik, ularning imkoniyati yuqori bo'lsada, yangi qurilgan jamoa uchinchi mavsumda chempionlikka erishdi. Katta ishlar asta-sekinlik bilan bo'ladi. 


Mirjamolning burchak zarbasidan urgan goliga keladigan bo'lsak, bu birinchi marta emas. Avval ham bunday gollar kiritgan. "Bunyodkor" safida ham, AGMKda ham joriy mavsum burchak zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri gol urgandi. Ha, bu borada mashg'ulotlarda alohida ishlanadi va bunga malum vaqt sarflaymiz. Nafaqat Mirjamol, balki butun jamoa standartlar ustida maxsus dastur asosida shug'ullanadi", — deya o'yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi Mirjalol Qosimov.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика